182
g) respublika qonunchiligi, me’yoriy hujjatlar va boshqa talablarga rioya
qilishni nazoratlash hamda siyosiy, direktiv va rahbariyatning boshqa ichki
talablariga rioya qilishni nazorat qilish.
Ichki audit xizmatining roli korxonaning kuzatuv kengashi tomonidan
belgilanadi. Ichki audit xizmati korxonaning tashkiliy tuzilmasining bir bo’limi
hisoblanadi. Ichki audit faoliyati o’zining ob’ektivligi va mustaqilligiga qaramay,
tashqi auditdan moliyaviy (buxgalteriya) hisobotni ishonchliligini taqdim
etishdagi mustaqillik darajasida emas. Tashqi audit faqat auditorlik xulosasi
uchun javobgardir, lekin bu javobgarlik hisobot tayyorlashda ichki audit
ma’lumotlaridan foydalanganlik uchun kamaymaydi. Barcha moliyaviy hisobot
bo’yicha mulohaza va fikrlar tashqi auditor tomonidan qabul qilanadi.
Dostları ilə paylaş: