199
6.
Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili:
Xodimlar o’rtasida vazifalar
shunday taqsimlanish kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quydagi vazifalar
yuklatilmasligi kerak: Belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish,
berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalarning bo’lganligini
ta’minlash hamda ularning inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga
kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida
taqsimlanishi lozim.
7.
Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili:
Har bir xo’jalik operatsiyalarini
amalga oshirilishida vakolatli shaxs tomonidan ruxsat berilishi rasmiy ravishda
ta’minlangan bo’lishi kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi xo’jalik
operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy
ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan ruxsatidir. Yuqorida qayd etilgan
tamoyillarning barchasi bir biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir
vaziyatdan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: