1.
Kreditni
rejaning
bajarilganligiga
qarab
berish.
Bu tamoyilning mohiyati shunda ediki, bank kreditlarining umumiy hajmi va
shakllari banklarning kredit rejalari asosida o’rnatilar edi. Bunda korxona va
tashkilotlarga beriladigan kreditlar ularning ishlab chiqarish rejalarini bajarishlariga
qarab berilar edi. Undan tashqari, kredit hajmi bo’yicha muayyan reja tuzilar va shu
rejaga asosan kredit berilishi, uni hajmi va shakli belginalardi va bu bank tomonidan
boshqarilar edi.
249
Bu tamoyilga asosan, kredit rejasida ko’zda tutilgan bank ssudalari kvartal yoki
oyiga bir marta emas, balki tovar-moddiy boyliklarini yaratish jarayoniga va ularni
ishlab chiqarish maqsadlariga sarflash yoki sotishning malum bosqichlarida bank
tomonidan o’rnatilgan miqdorda berilar edi.
3.
Diferentsiyalashtirish
(kreditlashda
har
xil
yondashish)
tamoyili.
Bu tamoyil ijtimoiy zaruriy normalarga mos holda ishlab chiqarish va
mahsulotni realizatsiya qilish asosida korxona va tashkilotlarning qanday moliyaviy
natijaga erishganligiga qarab belgilangan. Xo’jalik faoliyatining natijalariga qarab
korxonalar «yaxshi ishlaydigan» va «yomon ishlaydigan» korxonalarga bo’lib
kreditlangan.Bu tamoyilga asosan ijobiy moliyaviy natijalarga erishgan korxona va
tashkilotlarga kreditlash jarayonida malum engilliklar berilgan. Korxonalarda
moliyaviy qiyinchiliklar bo’lganda ishchilarga ish haqi to’lash uchun yoki boshqa
to’lovlarni amalga oshirish uchun kreditlar berilgan. Undan tashqari, yaxshi
ishlaydigan korxonalarga engil sharoitda kreditlar berilgan, masalan, berilgan
kreditning foiz stavkasi kamaytirilgan, korxona uchun zarur bo’lganda kreditning
muddati uzaytirilgan va hokazo.
Agar korxona ishlab chiqarish rejasini bajarmasa yoki bankdan olingan
kreditlar bo’yicha o’z majburiyatlarini vaqtida amalga oshirmasa bunday korxona
yomon ishlovchi korxonalar qatoriga kiritilgan va bank tomonidan bunday
korxonalarga iqtisodiy choralar qo’llanilgan. Lmon ishlovchi korxonalarni
kreditlashda bank qattiq yondashgan, yani kreditlarni juda qisqa muddatga, yuqori
foiz stavkalari bo’yicha bergan. Bazida bank oldindan bergan kreditlarini muddatidan
ilgari undirib olgan, korxona yuqori tashkilotining kafolati asosida kredit bergan yoki
bazi hollarda kredit berishni umuman to’xtatib qo’ygan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tamoyillarning barchasi ham o’rinli
bo’lmasligi mumkin.
250
Tayanch so’zlar
depozit;
umidsiz kredit;
lizing;
balans;
moliyaviy lizing;
operativ
kredit portfeli;
lizing;
emitent;
kreditlash tamoyillari;
faktoring;
yaxshi kredit;
trast operatsiyalari;
inkasso
standart;
operatsiyalari.
substandart kreditlar;
shubhali kredit;
Dostları ilə paylaş: |