13.2. Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar Yangi mahsulot yoki hizmat yaratish uchun kerakli bo’lgan innovatsion
g’oyani qanday qilib topiladi? Avvalo har qanday g’oya yoki innovatsion taklif
mijozning yoki resursdan foydalanuvchining biror bir muammosini hal qilib
berishi yoki qandaydir yengillik yaratib berishi kerak. Startuplarning 98% qismi
biznes strategiyasi xato bo’lganligi tufayli yoki komanda yaxshi bo’lmagani uchun
muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agarda muammo topilsa va real bozor mavjud
bo’lsa, potentsial biznes hayotiy bo’lishi uchun ikki faktor eng muhim bo’ladi:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bularning birinchisi komanda va ikkinchisi esa mahsulotning prototipidir. Biznesga
investitsiyalar jalb qilish uchun mhsulotni ishlab chiqish va uni bozorga kiritish
bo’yicha malakali mutaxassislar va yangi g’oyaga juda qattiq ishongan insonlar
komandasi bo‘lishi lozim. Mahsulotning prototipi (
MVP – minimum viable product ) bu yangi mahsulotning minimal funktsiyalarga ega bo’lgan namunasi
(
modeli ) bo’lib, u bozorga chiqarilishidan oldin yana ko’p martalab qayta
ishlanishga muhtoj bo’ladi.
MVP atamasini
SynkDev konsulting kompaniyasining
asoschilaridan biri Frank Robinson muamalaga kiritgan bo’lib, customer
developmentning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib qoldi.
MVP iste’molchining biror bir muammosini hal qilib beradigan bittagina funktsiyaga ega
bo’lishi kerak.
MVP ishlab chiqishda eng murakkab masala – sifat va sarf-
harajatning optimal nisbatini topishdir.
IMVU kompaniyasining asoschisi Eric
Ries esa
MVP ni yangi mahsulotni minimal kuchlar bilan maksimum informatsiya
olishga imkon berdaigan boshlang’ich versiyasi deb hisoblaydi. Ya’ni uningcha
MVP minimal funktsiyalarga ega bo’lgan va tezkorlik bilan yaratiladigan offer
sifatida bo’lib, u maqsadli auditoriyaning iste’mol talablarini o’rganish, qimmat
marketing izlanishlaridan voz kechish va katta harajatlardan qutulish uchun bir
vosita sifatida tushnadi. Demak,
MVP minimal sarf-harajatlar qilib, potentsial
iste’molchilarning talablarini o’rganish va yangi biznes haqidagi gipotezani yetarli
darajadagi ishonchlilik bilan tasdiqlash yoki rad qilishga imkon beradi. Yangi
biznes to’g’risidagi gipotezani tekshirishning quyidagi variantlarini ajratib
ko’ratish mumkin:
E-Mail orqali mahsulot yoki hizmat haqidagi ma’lumotlarni jo’natish;
Interv’yular o’tkazib, javoblarni o’rganish;
Taqdimot qilish yoki bevosita sotuv uyushtirish;
Beta landing page dan foydalanish;
Blog va videoroliklardan foydalanish;
Raqamli prototip yaratish;
Imitatsion modeldan foydalanish;
On-layn kurslar tashil qilish;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Kraudfundingdan foydalanish;
Sayyor tashriflar tashkil qilish, maqsadli auditoriya bilan bavosita
muloqotlar tashkil qilish.
Misol sifatida oyoq-kiyimlarning jahondagi eng katta internet-magazini