Toshkent moliya instituti mikro iqtisodiyot va makro iqtisodiyot fanidan tayyorlagan taqdimot



Yüklə 216,3 Kb.
səhifə9/11
tarix07.04.2023
ölçüsü216,3 Kb.
#94435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maxfuza

Elastiklikni hisoblash usullari

Nuqtaviy elastiklik


Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi[30]. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik tovar hisoblanadi, chunki: 10/40=1/4.

Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)


Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi[31].
Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir. Bu turdagi {\displaystyle E_{P}^{D}}  funksiya quyidagi formula orqali aniqlanadi[32]:
{\displaystyle E_{P}^{D}={\frac {Q_{2}-Q_{1}}{P_{2}-P_{1}}}{\frac {(P_{1}+P_{2})/2}{(Q_{1}+Q_{2})/2}}={\frac {\Delta Q}{\Delta P}}{\frac {P_{1}+P_{2}}{Q_{1}+Q_{2}}}}
bu yerda {\displaystyle D}  — bu talab, {\displaystyle Q_{1}}  — tovarning avvalgi sotilgan hajmi, {\displaystyle Q_{2}}  — yangi talab hajmi, {\displaystyle P_{1}}  — dastlabki tovar narxi, {\displaystyle P_{2}}  — yangi tovar narxi, {\displaystyle \Delta Q=Q_{2}-Q_{1}} , {\displaystyle \Delta P=P_{2}-P_{1}}  — talab va taklifning oʻzgarishi.
Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi. Taklif elastikligi koʻrsatkichi {\displaystyle E_{P}^{S}} , quyidagicha ham aniqlanadi:
{\displaystyle E_{P}^{S}={\frac {Q_{2}-Q_{1}}{P_{2}-P_{1}}}{\frac {(P_{1}+P_{2})/2}{(Q_{1}+Q_{2})/2}}={\frac {\Delta Q}{\Delta P}}{\frac {P_{1}+P_{2}}{Q_{1}+Q_{2}}}}
bu yerda {\displaystyle S}  — bu taklif, {\displaystyle Q_{1}}  — dastlabki taklif etilgan tovar hajmi, {\displaystyle Q_{2}}  — taklifning yangi hajmi, {\displaystyle P_{1}}  — dastlabki tovar narxi, {\displaystyle P_{2}}  — yangi tovar narxi, {\displaystyle \Delta Q=Q_{2}-Q_{1}} , {\displaystyle \Delta P=P_{2}-P_{1}}  — talab va taklifning oʻzgarishi.
Hosila orqali
Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin[33]:
{\displaystyle \varepsilon ={\frac {dy}{y}}:{\frac {dx}{x}}={\frac {dy}{dx}}{\frac {x}{y}}=f'(x){\frac {x}{y}}}
Amaliy misol
Tailandga boʻlgan turistik turlarning daromad boʻyicha elastikligi 1,5 ga teng. Turga talab hajmi 30 foizga oshishi uchun daromadlar qanchaga oshishi lozim?
Yechish. Birinchi navbatda nomaʼlumga ega tenglama tuziladi: n×1,5=30
Soʻngra 30 ni 1,5 ga boʻlish orqali kerakli miqdor topiladi: 30×2/3=20
Javob: Daromad 20 foizga oshishi kerak.

Yüklə 216,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin