–
nazorat funksiyasi.
8.2-rasm. Davlatbyudjetining funksiyalari
28
27
Malikov T.S., Xaydarov N.H.Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma– T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. 5-bet
28
Nurmuxamedova B.I.O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2018. 19-bet.
Iqtisodiyotni tartibga
solish va boshqarish
funksiyasi
Davlat byudjeti orqali davlat tomonidan kafolatlangan
ijtimoiy xizmatlar, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari
mablag‘ bilan ta’minlanadi
Ijtimoiy
funksiyasi
Davlat byudjeti orqali iqtisodiy jarayonlar tartibga
solinadi, iqtisodiyot tarmoqlari va markazlashgan
investitsiyalar moliyalashtiriladi,xo‘jalik subyektlari va
davlat o‘rtasidagi taqsimlash nisbatlari belgilanadi
Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki
mahsulot va milliy daromadning qiymati jamiyatdagi
umumiy ehtiyojlarni qondirish zaruriyati tufayli qayta
taqsimlanadi
YaIM qiymatini qayta
taqsimlash funksiyasi
Mablag‘larning byudjetga kelib tushishi, byudjet
ajratmalarining ishlatilishi, byudjet intizomiga rioya
qilinishi, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik
moliyaviy faoliyati nazorat qilinadi
Nazorat
funksiyasi
Davlat byudjetining
funksiyalari
95
Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi.
Davlat byudjeti
mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy
daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o‘zining qayta taqsimlash funksiyasi
bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida yaratilgan
YaIMning qiymatidan to‘lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy
to‘lovlarning to‘lanishi asosida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet
daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi sifatida,
davlatning funksiyalarini bajarish uchun sarflanadi. Ular pul mablag‘lari
jamg‘armalarini
shakllantirish
jarayonida
vujudga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining
ixtiyoridagi markaziy va mahalliy byudjetlarga kelib tushadi. O‘zbekiston
Respublikasida har yili davlat byudjeti orqali mamlakat YaIMining 24-25 foizi
qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg‘armalari bilan birga hisoblaganda esa bu
ko‘rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi.
Soliqlar va byudjet
xarajatlari orqali byudjet
iqtisodiyotni tartibga
solish,
investitsiyalarni
rag‘batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi va
muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi. Bunda byudjet mablag‘lari hisobidan
iqtisodiyotning ilg‘or tarmoqlari – aviasozlik, kosmik dasturlar va loyihalar, atom
sanoati, energetika va mashinasozlik sanoatlari kabilar qo‘llab-quvvatlanadi.
Samaradorligi yuqori bo‘lgan va o‘zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash ham muhimdir. Lekin davlat byudjetining bu funksiyasidan
orqada qolayotgan va qoloq ishlab chiqarishlarga moliyaviy yordam berish kabi
o‘tmishda mavjud bo‘lgan va o‘zini oqlamagan maqsadlarda foydalanish
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim.
Davlat byudjetining ijtimoiy funksiyasi.
Davlat ijtimoiy siyosatini amalga
oshirishda davlat byudjeti katta o‘rin egallaydi. Davlatning ijtimoiy kafolatlari
doirasidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat
96
sohalarini mablag‘ bilan ta’minlash, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
(pensionerlar, nogironlar, bolalar, kam ta’minlangan oilalar) ijtimoiy himoya qilish
- ijtimoiy siyosatning ustuvorliklari hisoblanadi. Bundan tashqari, madaniyat
sohasi keng ma’nodaiqtisodiy taraqqiyotning muhim komponentlaridan biridir, bu
borada jamiyat a’zolarining imkoniyatlarini rivojlantirish taraqqiyotning
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, bu yo‘nalishdagi davlat
tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat byudjetining ijtimoiy funksiyasi
yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi
orqali byudjet daromadlarining
shakllanishi, byudjet mablag‘larining oqilona va maqsadga muvofiq ishlatilishi,
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan
byudjet qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki mahsulot va milliy
daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi va ishlatilishi
ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, davlat o‘z funksiyalarini bajarishi, shuningdek,
taraqqiyotning u yoki bu bosqichida uning oldida turgan strategik maqsadlarni
amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir
qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv zaruriyatdir. Shu bilan birga,
mablag‘larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko‘lami ko‘p jihatdan
mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashish ko‘lamlariga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari
ko‘lamiga,
aholini
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
dasturlarining
qamrovliligiga bog‘liq. Milliy iqtisodiyotni boshqarish va taribga solishda,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy instrumentlari
qatori, davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi va ma’lum vazifalarni
bajaradi. Lekin bu vazifalarning samarali bajarilishi tegishli byudjet
mexanizmining ishlab chiqilishini va samarali ishlashini taqozo etadi.
|