Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 71,65 Kb.
səhifə1/6
tarix25.11.2022
ölçüsü71,65 Kb.
#70469
  1   2   3   4   5   6
kurs ishni Tayyyyyyorrr



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi” kafedrasi

Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari sifati nazorati

fanidan

KURS ISHI



MAVZU: Oziq-Ovqat maxsulotlari quruq miqdorini aniqlash.

BAJARDI: __________________


TEKSHIRDI: _________________
TOSHKENT - 2022


MUNDARIJA:


Kirish
Asosiy qism
I-BOB
1.1. Oziq-ovqat texnologiyalarining fizik-kimyoviy asoslari.
1.2. Oziq-ovqat maxsulotlari quruq miqdorini aniqlash.
1.3. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi
II-BOB. Oziq-Ovqat maxsulotlari quruq miqdorini aniqlashda ishlatiladigan qurilmalar.
2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari quruq moddalarni aniqlashda Refraktometr ishlatilish.
2.2. Refraktometrning ishlash printsipi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O‘zbekiston Respublikasining eksport xajmi yildan yilga oshib bormoqda. Meva sabzavotlarni etishtirish bo‘yicha mamlakatimizda so‘ngi yillarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Natijada, TIF TNning 07-guruh (sabzavotlar va ildiz mevalar) tovarlarining eksport hajmi ortdi. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston bu guruh tovarlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda 7 o‘ringa ko‘tarildi. 2017 yilda O‘zbekistonning 07- guruh tovarlari eksporti 3,4 mlrd. AQSH dollarni, 2018 yilda 3,2 mlrd.. AQSH dollarni tashkil etgan. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston asosan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston davlatlariga eksport qiladi. Eksport va import qilingan oziq - ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish va ularni sifatini aniqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 1. Organoleptika usuli. 2. Laboratoriya (tajriba) usuli. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul katta rol o‘ynaydi. Bu usul bilan ularning ta’mi, hidi, rangi, konsistensiyasi, tashqi ko‘rinishlari odamning sezgi organlari yordamida baholanadi. Organoleptik usulning qulaylik tomonlari shundan iboratki, u ko‘p xarajatlar, kimyoviy reaktivlar, laboratoryaiya asboblarini talab qilmaydi hamda mahsulotning sifati to‘g‘risida tezda xulosa chiqarish imkonini beradi. Uning kamchiligi esa, bu usulning sub’ektivligida. Demak, bu mahsulot sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin. Bundan tashqari organoleptik usul bilan tovarlarning sifati tekshirilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi yoki mahsulotlarning sifati to‘g‘risida butunlay atroflicha ma’lumot ham olish qiyin. M-n, bu usul bilan mahsulotning biologik qiymatini yoki uning bezararligini aytish mumkin emas.


Yüklə 71,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin