agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar ixtiyoridagi barcha resurslardan (tabiiy, kapital, mehnat) tadbirkorlik bilan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish orqali doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarni kamaytirib, ekologik talablarga javob beradigan mahsulotlarni zarur miqdorda ishlab chiqarish, ularni iste'molchilarga yetkazib berib, ko`proq foyda olishni ta'minlash;

agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar o`rtasida ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini o`zaro samarali ayriboshlanishini ta'minlaydigan narxlarni maqsadga muvofiq miqdorini ma'lum muddatlarga belgilash;
- majmuada faoliyat ko`rsatayotgan rahbar, ishchi va xizmatchilarning malakalarini oshirish, ular mehnatlarining miqdoriga, pirovard natijasiga ko`ra rag`batlantirilishini rivojlantirish va boshqalar.
Agrosanoat majmuasi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda uning tarkibi quyidagi 4 ta bo`g`indan (sohadan) tashkil topishi mumkin:
BO’G’INLARI
AGROSANOAT MAJMUASI
Agrosanoat majmuasi tarmoqlariga ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
Qishloq xo`jalik tarmoqlari
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi saqlovchi va sotuvchi tarmoqlar
Qishloq xo`jalik tarmoqlariga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar