Toshkent Farmatsevtika institutining 103-b guruh talabasi Tolqinov Shohruhning Mutaxassislikka kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 181,11 Kb.
səhifə6/8
tarix16.12.2023
ölçüsü181,11 Kb.
#182238
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu

Mazkur talablarga rioya etmaslik, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini buzilishiga va natijada bemorlarning sog’lig’iga salbiy ta‘sir etqazilishiga olib kelishi mumkin. Tovarlarni saqlash talablariga rioya etmaslik litsenziya talablari va shartlarini ko’pol ravishda buzilishi deb baxolanadi.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saklashni tashkil etishda kuyidagilarni ta‘minlash kerak:

tegishli binolar, uskunalar mavjudligi.

Etarli saqlash sharoitini yaratish;

-tovarlarni guruxlar bo’yicha joylashtirish (tizimlashtirish)

Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saklash xonalari ularning xavfsizligini ta‘minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi, xona shiftlari silliq bo’lishi va nam latta bilan tozalash ishlarini olib borish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. Dori vositalarini saqlash xonalarida xavoning ma‘lum bir xaroratni va namlikni saqlash imkoniyati mavjud bo’lishi kerak, bu dori-vositalarini birlamchi va ikkilamchi (iste‘molchi) qadoqlariga joylashtirilgan yo’riqnomalar asosida ishlab chiqaruvchilar talablariga muvofiq saqlash imkonini beradi. Omborxonada xavo xarorati va namlik xar kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (agar muhr mavjud bo’lsa) jurnalda qayd etilishi lozim.

Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash

Xidli dori vositalari guruxiga uchuvchan xamda uchuvchan bo’lmagan lekin o’ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida xolda nomi bo’yicha saqlanadi.

Tayyor dori turlarini saqlash

Tayyor dori turlarini saqlash

Barcha tayyor dori turlari tashqi yorliqli original qadoqda joylashtirilishi va saqlanishi lozim. Hapdorilar va drajelarni tashqi ta‘sirdan himoyalangan va alohida bemorlarga berish uchun mo’ljallangan korxona qadog’ida bir-biridan ajratilgan holda saqlash zarur. Hapdorilar va drajelarni saqlash quruq va yorug’dan himoyalangan joyda amalga oshiriladi. In‘yeksiyalarga mo’ljallangan dori turlarni salqin, yorug’dan himoyalangan joyda, alohida javonda, idishning xususiyatlari (mo’rtlik) hisobga olingan holda saqlash lozim. Suyuq dori turlar (siroplar, damlamalar) og’zi germetik po’kaklangan, ustigacha to’ldirilgan idishda, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlanishi kerak.


Yüklə 181,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin