Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


NAMOZ - har bira musulmon kishining kuniga besh mahal poklanib, qibla tomonga yuzlangan holda amalga oshiradigan ibodati. NIRVANA



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə76/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

NAMOZ - har bira musulmon kishining kuniga besh mahal poklanib, qibla tomonga yuzlangan holda amalga oshiradigan ibodati.
NIRVANA – inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklari, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.
Ota Xudo - Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.
OXIRAT KUNI - odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali uchun hisob-kitob qilinadigan kun. U qiyomat kuni deb ham ataladi.
PAYG‘AMBAR - Allohning yerdagi elchisi bo‘lib, odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqiruvchi va oxirat haqida xabar beruvchi kishi
PASXA (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
PYATIDESYATNIKLAR - protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri. O‘zlarini Iso vafotidan 50 kun o‘tgach Muqaddas Ruh in’omiga ega bo‘lib, turli notanish tillarda gapira boshlagan havoriylarning izdoshlari, deb hisoblaganlari uchun shu nomni qabul qilganlar.
Rim papasining qarorlari – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
SUNNAT – Payg‘ambar (sav)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy yo‘llari. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy.
SUR – Ruh, ichki quvvat. Tangrichilikda u Tangri tomonidan insonga puflash orqali kiritilgan deb e’tiqod qilingan.
SURA - Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta, eng ko‘pi 286 oyatni o‘z ichiga oladi.
TAVOF - Ka’baning atrofini aylanish.
TAY-LYaO – Xitoydagi eng muqaddas qurbonlik marosimi. Unda uchta jonivor – qo‘y, xo‘kiz va cho‘chqalardan iborat “uchlik” qurbonlik keltiriladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin