Organik kislotalar oraliq birikmalari singari qurilish bloki biosintezi uchun bosh
material bo‗lib hisoblanadi (aminokislotalar, glitserin, yog‗ kislotasi, mononukleotidlar, monoz va
past oligoz yoki oddiy qandlar). SHunday sirka va malon kislotalari glitserin hamda yog‗
kislotalari sintezi uchun hujayralarda ishlatiladi; palmitin kislotasi boshqa hamma yog‗
kislotalari uchun bosh asoschisi bo‗lib qoladi (olein, stearin, laurin va boshqalar) yoki ular
aldegidlari; glitserin lipidlar tarkibiga kiradi.
Oltingugurt atomi ayrim aminokislotalarda kichik oltingugurtga ega molekulalarning
noorganik qatoridan ekzogen kelib chiqishga ega. Keyinchalik u fermentativ reaksiyalar
yordamida aminokislotalarning molekulalaridan boshqalariga ko‗chib yurishi mumkin.
Masalan, sistein zanjiri serindan, oltingugurt esa metionindan kelib chiqqan.
Pirouzum kislotasi almashish jarayonlarida asosiy mahsulot hisoblanadi, ular ko‗p
geterotrofli mikrorganizmlar uchun uglerod manbai singari glyukoza o‗zgarishiga bog‗liqdir.
Gap avvalo, makroergik bog‗li
Fosfor unga ATF dan qo‗shiladi, ATF da esa – ekzogen noorganik fosfatdan.
Geterotrof turdagi qator organizmlarda piruvatning oddiy kichik molekulalardan birlamchi
sintezi uning ko‗plab aminokislotalardan hosil bo‗lishi orqali ro‗y beradi.
YOg‗ kislotalari hujayra membranalaridagi lipidlarning tarkibiy qismi, ular erkin lipidlar
holida har xil mikroorganizmlar hujayrasida joylasha oladi. YOg‗ kislotalari formulalarida
uglerod atomlari arab raqamlari bilan belgilanadi, raqamlash karboksil guruhdan boshlanadi,
ikkinchi uglerod atomini
, uchinchisini –
, uglerod zanjirining oxirgi uglerod atomi (SN
3
) –
;
qo‗sh bog‗lar belgi bilan ko‗rsatiladi.
Oddiy qandlar yoki monozalar va quyi oligozalar. Dastlabki kichik biomolekulalarga
triozalar, tetrozalar, pentozalar, geksozalar, geptozalar, oktozalar, dekozalar kabi monozalar
kiradi. Eng sodda trioza glitserin aldegididir; tetrozalarga umumiy formulasi NO–N
2
S–
(SNON)
2
–SNO bo‗lgan eritroza va treoza; pentozalarga riboza, arabinoza, ksiloza, liksoza NO–
N
2
S–(SNON)
3
–SNO; geksozalarga alloza, altroza, glyukoza, mannoza, guloza, idoza, galaktoza,
talozalar NO–N
2
S–(SNON)
4
–SNO kiradi va hokazo.
Ayrim monozalarda birlamchi spirt guruhi vodorodga almashinadi. Ko‗pgina bakteriyalar
va ayrim zamburug‗lar polisaharidlari tarkibida fukoza yoki 6–dezoksigalaktoza bo‗ladi.
54
Oddiy qandlar etishmasligida (katabolitlar) hujayrada sAMF konsetratsiyasi ko‗tariladi,
etarli yoki ko‗p sonli qandlarda sAMF konsentratsiyasi pasayadi. sAMF ahamiyati katabolit
repressiyasida ayniqsa ifodalangan. sAMF dan tashqari hujayralarda sGMF va sSMF yasaladi,
ular asos xili bo‗yicha farqlanadi, S
1
ribozalarga bog‗lanadi. Ayrim hollarda sGMF sAMF ning
antogonisti bo‗lib chiqadi.
Ko‗p bakteriya va zamburug‗lar vitamin V
2
sintez qiladi. Ammo ayrim mutant achitqilar
ayrim bakteriyalar (masalan, Lactobacterium species) uni tashqaridan qo‗shishga muhtoj.
Riboflavin FMI va FAD kofermentlari asoschisi bo‗lib xizmat qiladi. FMN va FAD ga
ega Fermentlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadi va oksidlanish fosforillashda
elektronlarni tashiydi.
Adabiyotlar:
1.
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,
―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.
2.
Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 2003.
3.
CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vыsshaya shkola». 1987.
4.
Mustaqimov G.D. O‗simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., ―O‗qituvchi‖
nashriyoti. 1978.
5.
Elinov N.P.‖ Ximicheskaya mikrobiologiya‖ M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.
Mavzu: Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari
Ma‘ruzadan maqsad: Bakteriyalarning xujayra devoridagi tarkibiy qismlari va ularning
miqdori bo‗yalishdagi axamiyati xaqida tushuncha beriladi.
Ma’ruza rejasi:
1.
Mikroorganizmlarning xujayra devoridagi asosiy moddalari to‗g‗risida ma‘lumot.
2.
Xujayra devoridagi lipid, polisaxarid va oqsil moddalari tarkibi va toksin ishlab
chiqarishdagi vazifasi.
3.
Xujayra devori tarkibi xisobiga bo‗yash usulida gram manfiy va gram musbat
bo‗yalishini aniqlash.
Hujayra devori mikroorganizmlar evolyusiyasining ma‘lum bir bosqichida hosil
bo‗lgan. Arxeobakteriyalarda kimyoviy tarkib boshqa prokariot hujayra devorlaridan
sezilarli far qlanishi qa yd qilingan. Mikroorga nizmlar evolyu siyasini huja yra ning
univer sal ta shkil etilga nligi va quyida gi qa torda differensiatsiyalanadi deb shartli
ravishda qabul qilib: faglar va viru slar
bakteriyalar
achitqilar
mitselial
zamburug‗lar
suv o‗tlari (o‗simliklar)
sodda hayvonlar, shuni ta‘kidlash za ru r k i,
fa gla r , viru sla r va sodda ha yvo nla r h u ja yra de vori ga e ga e ma s ( fa gla r va
vir u sla r u ni s i n t e z l a y o l m a y d i , s o d d a h a y v o n l a r e s a s h u qobiliyatni yo‗qotgan).
Arxeobakteriyalar (metan hosil qiluvchi bakteriyalar, obligat galofil bakteriyalari va
termoatsidofil bakteriyalar) bakteriyalarga xos bo‗lgan peptidoglikan murein karkasiga ega
emas. Faqat ularning ayrim turlari DAP o‗rniga atsetilqand va L-aminokislotalar saqlaydi,
ularda D-aminokislotalar bo‗lmaydi.
Bakteriyalardan mitselial zamburug‗larga o‗tishda peptidoglikan molekulalari
soddalashganligi kuzatiladi. Agar grammusbat bakteriyalar hujayra devorida peptidoglikan
ko‗p qavatli bo‗lsa, grammanfiy bakteriyalarda bir qavatlidir. Gram ma‘lumotlariga ko‗ra
bakteriyalarning gramm bo‗yicha bo‗ ya l i s hi p e pt i d og l i k a n bi l a n bo g‗ l i q . A c hi t qi
organizmlari va ipsimon zamburug‗lar murein karkasga ega emas. Ularda bu karkas
55
o‗rnida o‗ziga xos marker - xitin joylashgan. Bu tashqi muhit nojo‗ya ta‘siridan himoya
qila oladigan qattiq universal struktura mavjudligini isbotlaydi. Ko‗pgina zamburug ‗lar
suvli muhitdan quruqlikdagi hayot tarziga o ‗ t i b o l g a n . X i t i n n a f a q a t o ‗ s i m l i k
organizmlarida, balki ayrim hayvonlar (bo‗g‗im oyoqlilar, baliqlar) da ham saqlanib
qolgan.
Ipsimon zamburug‗larning hujayra devorida kletchatka hosil bo‗ladi, u massa
jihatidan o‗simlik tanasida etakchi o‗rin egallaydi.
Uglevod
polimerlaridan
tuzilgan
fibrillyar-amorf matritsadan tashkil topgan zamburug‗ hujayra devorlarida proteinlar,
glikoproteinlar, ba‘zan lipidlar va lipoproteinlar aniqlangan. Masalan, Sascharomyces
cerevisiae da «katta invertaza» fermenti va hujayra devoriga xitin mikrofibrillalarini
tashuvchi xitosoma organellalari mavjud. Aspergillus niger, Botrytis cinerea, Neurospora
crassa, N. sitophila hujayra devorlarida fosforillangan poligalaktozaminlar aniqlangan.
Kasal odamlarda sezilarli allergiya chaqiruvchi patogen zamburug‗lar hujayra devorida
glikoproteinlar aniqlangan. D ermatofitlar da n ajra tib olinga n ga lakta no -ma nna no-
peptid tezlashgan va sekinlashgan allergiya turlarida allergen sifatida namoyon bo‗ladi.
Peptidning uglevod qismi bir i nc hi tu rga te gi shli, o qsil e sa a ller g iya ning i k k i n c h i
t u r i ga t egi s hl i . Z a m bu r u g‗ l a r hu j a yr a devoridagi lipidlar va lipokonyugatlar juda
kam miqdorlarda aniqlana di, ayrim turlar (bir qator achitqi organizmlarida) da esa
umuman uchramaydi.
Mitselial zamburug‗ hujayra devorlari naysimon tuzilishga ega , uning ichida hujayra
membranasi bilan o‗ralgan sitoplazma mavjud. Hujayra devori himoya va zi fasini
ba ja r a di va moddalar almashinishi jarayonida ham ishtirok etadi. Bakteriya hujayra devori
ko‗p komponentli sistema bo‗lib, unda gidrofob va gidrofil, zaryadlangan va
zaryadlanmagan molekulalar o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi.
Grammusbat va
grammanfiy bakteriyalardagi peptidoglikan yagona qonuniyat
asosida tuzilgan. Uning asosida muram yoki glikolaktil (glyukomuram) kislota joylashgan
(Mur N Ats) bo‗lib, u navbat bilan N -atsetilglyukozamin bilan bog‗lanadi, bioza
ko‗rinishida 10-65 ta qaytariluvchi bloklardan zanjirga birikadi. Sut kislotasi karboksili
o‗rni bilan L- va D-aminokislotalardan hosil bo‗lgan tetra- (tri-, penta-) peptidlar birikadi.
Bakteriyalar barcha peptidoglikanlari ikkita katta A va B guruhlariga bo‗linadi. A
guruhda peptidoglikan subbirliklari o‗zaro diaminokislota E-aminoguruhlari va D-Ala karboksi
guruhlar orqali bog‗lanadi:
Atipidagi peptidoglikanlarga qaraganda B tipidagi peptidoglikanlar kam uchraydi. Ular
masalan fitopatogen korinebakteriyalarda aniqlangan. Glikokonyugatlarning ikkala tipida
interpeptid bog‗larining ko‗pgina variantlari ma‘lumdir. Agar interpeptid ko‗prik ma‘lum bir
aminokislota qoldig‗ini o‗zida tutsa, unda uni regulyarlar razryadi qatoriga kiritiladi (masalan,
Starh aureus da); agar aminokislotalar har xil bo‗lsa, – noregulyarlar razryadiga kiritiladi. To‗g‗ri
interpeptid bog‗ aminokislotali ko‗prik hosil bo‗lishini bekor qiladi.
Grammusbat bakteriyalarda peptidoglikan hujayra devorining quruq massasining 30-
90%ni tashkil etadi, grammanfiy bakteriyalarda o‗rtacha 10%ga yaqin. Bu glikokonyugat rigid
strukturalarga tegishli bo‗lishiga qaramay, u o‗zining konshaklsion holatlarida harakatchan.
Bakteriyalar hujayra devoridagi peptidoglikan karkas rolini bajaradi, hujayra bo‗linishida
osongina sintezlanib va ajraladigan (reparatsiyalanadigan); u to‗g‗ri yoki bilvosita hujayra
modda almashinuvida ishtirok etib, turli moddalarni hujayra ichiga kirishini va undan chiqarishni
ta‘minlaydi (bunda grammusbat va grammanfiy bakteriyalar interpeptid ko‗priklarining zichligi
va peptidoglikan molekulalarning qavati ahamiyatga ega. Grammusbat bakteriyalar
peptidoglikan qavatini hujayra membranasidan keladigan lipoteyxoev kislotasi teshib o‗tadi. O‗z
navbatida peptidoglikan bilan ribitteyxoev kislotasi bog‗lanib, S6 glikolaktil kislotasi bilan
fosfodiefir bog‗larini hosil qiladi:
Teyxoev kislotalari hujayra uchun zarur bo‗lgan magniy ionlarni bog‗laydi; mikrob
hujayrasining umumiy manfiy zaryadining shakllanishida ma‘lum hissa qo‗shadi, bakteriofaglar
uchun retseptor joy qismini hosil qiladi. Ayrim grammanfiy bakteriyalarda uglerod komponenti
56
sifatida sial kislotalari aniqlangan. Sial kislotalari neyromin α-keto-β-amino-pentaoksikarbon
yoki nonulozamin kislotalarining hosilalaridir. Neyramin kislotani mannozamin va pirouzum
kislotasining aldol kondensatsiyasining mahsuli deb ko‗rish mumkin.
N-atsetil-O-atsetilneyramin kislotasining polimeri S guruhiga mansub bo‗lgan
meningokokklar antigeni spetsifikligini belgilaydi. Lipoproteinlar grammanfiy bakteriyalar
turiga kiruvchi Essherichia, Klebsiella, Pseudomonas, Proteus, Salmonella, Serratia va boshqalar
hujayra devori tarkibiga kiradi. E soli lipoproteini 58 aminokislotani o‗zida tutib, ulardan
gistidin, glitsin, prolin, triptofan va fenilalanin yo‗q, Polipeptid molekulyar massasi 7000 Da ga
teng, ya‘ni bu kichik protein blok strukturadir, uning terminal uchlarida yog‗ kislotalarining
qoldiqlardan (R1-R2) eterifitsirlangan glitserilsistein tutadi. 58 ta aminokislotaning 9 tasi
alaninga to‗g‗ri keladi; 7 tasi asparagin kislotasi bilan asparaginga; 6 tasi seringa; 5 tasi lizinga; 4
tadan valin, leysin va argininga; 3 tasi glutaminga; 2 tadan glutamin kislotasi, treonin va
metioninga; 1 tadan izoleysin, tirozin va sisteinga to‗g‗ri keladi:
Teyxoev kislotalari hujayra uchun zarur bo‗lgan magniy ionlarni bog‗laydi; mikrob
hujayrasining umumiy manfiy zaryadining shakllanishida ma‘lum hissa qo‗shadi, bakteriofaglar
uchun retseptor joy qismini hosil qiladi. Ayrim grammanfiy bakteriyalarda uglerod komponenti
sifatida sial kislotalari aniqlangan. Sial kislotalari neyromin α-keto-β-amino-pentaoksikarbon
yoki nonulozamin kislotalarining hosilalaridir. Neyramin kislotani mannozamin va pirouzum
kislotasining aldol kondensatsiyasining mahsuli deb ko‗rish mumkin.
N-atsetil-O-atsetilneyramin kislotasining polimeri S guruhiga mansub bo‗lgan
meningokokklar antigeni spetsifikligini belgilaydi. Lipoproteinlar grammanfiy bakteriyalar
turiga kiruvchi Essherichia, Klebsiella, Pseudomonas, Proteus, Salmonella, Serratia va boshqalar
hujayra devori tarkibiga kiradi. E soli lipoproteini 58 aminokislotani o‗zida tutib, ulardan
gistidin, glitsin, prolin, triptofan va fenilalanin yo‗q, Polipeptid molekulyar massasi 7000 Da ga
teng, ya‘ni bu kichik protein blok strukturadir, uning terminal uchlarida yog‗ kislotalarining
qoldiqlardan (R1-R2) eterifitsirlangan glitserilsistein tutadi. 58 ta aminokislotaning 9 tasi
alaninga to‗g‗ri keladi; 7 tasi asparagin kislotasi bilan asparaginga; 6 tasi seringa; 5 tasi lizinga; 4
tadan valin, leysin va argininga; 3 tasi glutaminga; 2 tadan glutamin kislotasi, treonin va
metioninga; 1 tadan izoleysin, tirozin va sisteinga to‗g‗ri keladi.
Lipoprotein bir qismi peptidoglikan (2,4 10
5
molekula bir hujayraga) bilan bog‗langan,
lekin uning katta qismi erkin holda (4,8.10
5
molekula 1 hujayraga) turadi. Funksional jihatdan
lipoproteinlar rigid struktura sifatida hujayraning shaklini saqlashda va turli moddalarni
tarnsportida hujayra devorining integrativligini ta‘minlaydi, bundan tashqari peptidoglikanli va
fosfolipidli qavatlari orasidagi o‗ziga xos vositachi vazifasini bajaradi.
Fosfolipidlar topologik jihatdan lipoprotein qavatidan tashqarida joy egallaydi, ya‘ni
lipoprotein va lipopolisaharid oralig‗ida 1 mkm
2
shartli yuzaga 10
6
molekula fosfolipidlar to‗g‗ri
keladi. Fosfolipidlar hujayra devorida
ikki qavatli membrana ko‗rinishida bo‗lib,
lipoproteinlarning lipid komponentlari bilan nokovalent bog‗lar bilan bog‗langan. Fosfolipid
membranasining tashqi qavati lipopolisaharid bilan chegaradosh (gidrofob o‗zaro ta‘sir), qavatlar
orasida esa oqsil molekulalari joylashgan. Fosfolipidlar sezilarli yon tomonga siljish xususiyatiga
ega.
SHunday qi lib , f o s fol ipi d qa va t qu t bla n ga n, gidrofil qismlari tashqariga
qaragan, grammanfiy bak teriya lar da lipopolisa harid qa va t u chu n o‗ziga xos podlojka
sifatida xizmat qiladi. Fosfolipid qa vatida ta qsimla nga n oqsil globulalar, o‗ziga xos
kanallar h o s il qi l i b, gi d r o f il m o d da la r ni hu j a yra i c h i ga kirishini ta‘minla ydi.
Fosfolipid membra na ichk i m e m b r a n a g a y a ‘ n i sitoplazmani saqlovchi hujayra
membranasiga nisbatan t a s h q i h i s o b l a n a d i . Hujayra tashqi membranasi uning tashqi
muhit ta‘siridan saqlanishida ma‘lum hissa qo‗shadi.
Oqsillar gra mmu sba t kokklarda peptidoglika n va kapsula moddasi oralig‗ida joy
egallaydi. 1 mkm
2
hujayra y u z a s i g a 1 0
5
o q s i l m o l e k u l a s i t o ‗ g ‗ r i k e l a d i .
Stafilokokklar A proteini immunoglobulinlar Fs fragmentiga qardoshlidir. Streptokokklar
hujayra devorida M-, T- va R-proteinlar ajratiladi. A guruh streptokokklarning
57
virulentligi M-proteinlar bilan bog‗liqdir. M-proteinlar bilan assotsirlangan T - va R-
proteinlar ahamiyati hozircha aniqlanmagan. Grammanfiy bakteriyalarda bu gidrofil
moddalar uchun kanallar tuzuvchi oqsil globulalar - matritsa proteinidir (fosfolipidlarga
qarang). Major va minor proteinlar ajratiladi. Birinchilari kodlovchi struktura genlarga
ko‗ra A manfiy, S manfiy va F manfiylarga ajratiladi, ularning molekulyar massasi 30000-
42000 Da ga teng. Major bo‗lgan manfiy A-protein F-pililar yordamida konyugatsiya
jarayonida akseptor bo‗lib xizmat qiladi; manfiy F va manfiy S-protein (porin)lar
peptidoglikanlar bila n komplek slar hosil qiladi, shu bilan grammanfiy bakteriyalar
hujayra devorida strukturalar integralligini tasdiqlab, hujayra devorining gidrofil poralarini
shakllanishida qatnashadi. Manfiy F va manfiy S oqsillari o‗rtasida immunologik
qardoshlik mavjud.
Bakteriyalarda 10 dan 20 gacha minor proteinlar mavjud. E.SoLI da bfe
v
, cir
v
, cit, D,
tonA
v
va boshqa minor oqsillar ma‘lum (bundan tashqari hujayra devorida mannozaga spetsifik
bo‗lgan lektin topilgan). Hujayra bo‗linishida minor oqsillar turli moddalarni bog‗laydi yoki
DNK replikatsiya jarayonida ishtirok etadi; ayrimlari kolitsinlarni, toq va juft T -f a g la r ni
retseptirlaydi, t o n - A
v
o q s i l i e s a q o ‗ s h i m c h a a l b o m i t s i n antibiotigidir.Grammanfiy
bakteriyalar hujayra devorlari oqsillari orasida ko‗pgina fermentlar aniqlangan: asparaginaza,
adenazin-5-fosfataza,
ADF-glyukozapirofosfataza,
glyu-koza-6-fosfataza,
dezoksiribonukleaza, nordon fosfataza, laktat-degidrogenaza, 5-nukleozidaza, ribonukleaza,
suksinat-degidrogenaza, uridin 5-fosfataza, fosfo-glyukoizomeraza, fos fodie ster a za ,
fos fotr a nsfer a za , ishqoriy fosfataza, endonu k lea za. B akteriyalar Hujayra devoridan
shartli ravishda ajratilgan, protein qavat uning sturkturasiga kiruvchi oqsil molekulalariga
ko‗ra turli tumandir. Lipopolisaharid (lipoglikan)-glikokonyugat grammanfiy bakteriyalar
hujayra devori saqlaydi. Topologik jihatdan u fosfolipid qavatidan tashqarida joy egallaydi.
Lipopolisaharid uch qismdan iborat: A lipidi, kor va termina l tria oz bloki. Lipid A
fosfodiefir bog‗lar orqali peptidoglikan bilan bog‗langan. Korning 10 ta monozi
asosan bir tipda (masalan, Enterobacteriaceae va Pseudomonadaceae oilasiga kiruvchi
bakteriyalar), triaoz bloklari turga xos spetsifiklikka ega va ichak bakteriyalar O-antigenining
determinant guruhlari hisoblanadi. Agar hujayralar lipopolisaharidlarning O-spetsifik zanjirlar
sintezini katalizlovchi fermentlarni o‗zlarida tutmasa, u holda g‗adir-budir yoki R-shaklli
koloniyalari ko‗rinishida (ingl.roudh - dag‗al, g‗adir-budir) o‗sadi. Agar lipopolisaharidda faqat
turga xos spetsifik bo‗lgan oligosaharid bloki bo‗lmasa, u holda bunday mikroorganizm R11
mutantga tegishli, agar bu holda ham N-atsetilglyukozamin bo‗lmasa, bu Rl mutant bo‗ladi.
Umuman bakterial hujayraning tashqi bakterial yuzasi 30-40% lipopolisaharid bilan qoplanadi. 1
mkm
2
tashqi membranaga 10
5
lipopolisaharid molekulasi to‗g‗ri keladi. Ja‘mi hujayra
liposaharid massasida 1 ta hujayraga to‗g‗ri keladi 3,4·106 yog‗ kislota qoldig‗i. Fosfolipid
qoldiqlariga taqqoslaganda esa (2,9·106 1 ta hujayraga to‗g‗ri keladi). Hujayra devorida
lipopolisaharidlar bo‗lmaganda, ular o‗rnini fosfolipidlar qoplashi kuzatiladi. Bularning barchasi
hujayraning tashqi muhit o‗zgaruvchanligiga yuqori moslashuvchanligini ta‘minlaydi.
Lipopolisaharid molekulalari Fosfolipidlarga solishtirganda kamroq bo‗lsa ham yon tomonga
siljish xususiyatiga ega. Ularning hujayra membranasidan hujayra devoriga translokatsiyasi
mumkin. Grammanfiy bakteriyalar lipopolisaharidlari t o k s i k l i k d a n t a s h q a r i p i r o g e n
f a o l l i k k a
h a m
e g a .
Amaliyotda
enterobakteriyalarning
ma‘lum
turlari
va
psevdomonaslardan olingan pirogenallar qo‗llaniladi. Pirogenlar makroorganizmlarda ko‗p
kanalli effektorlar bo‗lib, tana haroratining yuqori ko‗tarilishi, vazomator (lotincha vasomotor
tomir harakatlovchi) o‗zgarishlar, modda almashinuvining buzilishi, ichki a‘zolarda
g e m o r r a g i ya la r
( l o t i n c ha
ha e m o rr h a gia
-
q o n k e t i s h) , infeksion kasallik
qo‗zg‗atuvchilariga organizm chidamligining o‗zgarishini va hokazolarni keltirib chiqaradi.
58
Adabiyotlar:
1.
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
2.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo
«Meditsina» 1980.
4.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
7.
Mustaqimov G.D. O‗simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., ―O‗qituvchi‖
nashriyoti. 1978.
8.
Elinov N.P.‖ Ximicheskaya mikrobiologiya‖ M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.
Mavzu: Bakteriyalarning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi
xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi
Ma‘ruzadan maqsad: Bakteriyalarning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning
bakteriyalardagi xususiyatlari,bakteriyalarning nafas olish turlari xaqida tushuncha beriladi.
Ma’ruza rejasi:
1.
Bakteriyalarning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi
xususiyatlari.
2.
Bakteriyalarning nafas olishi.
3.
Nafas olishda bakteriyada bo‗ladigan jarayonlar.
4.
Spora, kapsula va xivchinlarning bakteriya uchun axamiyati.
Dostları ilə paylaş: |