Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


III.Yangi mavzuni tushuntirish



Yüklə 495,28 Kb.
səhifə15/18
tarix02.02.2023
ölçüsü495,28 Kb.
#82365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Fransiya - Prusiya urushi 1870-1871 davri diplomatiyasi

III.Yangi mavzuni tushuntirish (“Fransiya – Prusiya urushi va uning yakunlari”).
Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda o‘tgan darsda o‘quvchilarga yangi mavzu “Fransiya – Prusiya urushi va uning yakunlari” mavzusi bilan tanishib kelish taklifi aytilganligi bois o‘qituvchi yangi mavzuning asosiy mazmunini 9-ILOVAda berilgan taqdimot asosida qisqacha ma’ruza orqali tushuntiradi.
2-bosqichda “Fransiya – Prusiya urushi va uning yakunlari 10 ta fakt” rukni bilan berilgan “Gap kim haqida ketmoqda?” o‘yini orqali yangi mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar yoritiladi.
IV.Mavzu: Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari.
Fransiya-Prussiya urushining sabablari. XIX asrning 60-yillari 2-yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy saba­bi-Fransiyaning o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo’ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlash­tirishiga to‘sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlasha­digan bo‘lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro‘siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari esa buni aslo xohlamas edilar. Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Angliya - Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fran­siyaga ko‘plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytir­moqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qim­matchilik mehnatkashlarning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib qolgandi. Shu­ning uchun ham 1870-yil yanvar oyida Parijda o‘tkazilgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g‘olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo‘lardi. Buning uchun esa urushda g‘alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va Germani­yaning ba’zi hududlarini bosib olishi zarur edi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiya­ning hukmronligini mustahkamlashga to‘siq bo‘lgan Fransiyani yen­gish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomon­larga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.

Yüklə 495,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin