Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakultiteti pp302-guruh talabalari 2021-yilda o’tgazgan amaliyoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/2
tarix07.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67792
  1   2
Kreativ Pedagogika 2

Mavzu: Kreativ Pedagogika


Mustaqil Ish

Reja :

  • Kreativlik va kreativ fikrlash nima?
  • Kreativ Pedagogika va uning madsad, vazifa , predmeti.
  • Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari.
  • Kreativ Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi. 

KREATIV FIKRLASH NIMA?

Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy ) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal ) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan. 


Kreativ pedagogika –1)pedagogda ta’lim va tarbiya jarayoninitashkil etishga nisbatan ijodiy, kreativ yondashish,
mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan
qobiliyat va malakalarini rivojlantirish; 2) talabalarda o’quv materiallarini o’zlashtirishga ijobiy, mustaqil yondashish, o’quv topshiriqlarini bajarishda yangi, ijodiy va kreativ g’oyalarni ilgari surish qobiliyati ko’nikmalarini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida kasbiy tayyorlash asoslarini yoritadigan,
shaxs kreativligining turli yosh bosqichlari xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi masalalarini o’rganuvchi fan

Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.


“Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat
“Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat
“Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ta’lim mazmuni, o’quv rejalari va dasturlarini saralash;2) o’quv moduli (fani)ni o’qitishning
taktika va strategiyalarini belgilash;
3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;
4) ta’lim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash; 5) kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin