O’chirishni esa quyidagicha amalga oshirish mumkin: piramidaning yuqorisiga uning eng oxirgi elementini joylashtirish va u uchun down() amalini bajarish. O’chirishning murakkabligi O(logN) ga teng.
int dequeue() {
if (size == 0)
/* hatolikni qayta ishlash – yechib olish uchun element mavjud emas */
swap(a[0], a[--size]);
down(0);
return a[size];
}
C++ ning standart shablonlar kutubxonasida priority_queue shabloni mavjud. Undan foydalanish uchun sarlavha fayli vas td nomlari maydonini qo’shishi lozim.
Navbat elementlarini tartiblash kamayish bo’yicha amalga oshiriladi; solishtirish amali sifatida jimlik bo’yicha < operatori qo’llaniladi. Boshqa solishtirish funksiyalarini qo’llash uchun uni navbat konstruktorida uchinchi parameter sifatida (ikkinchi parameter – bazaviy konteyner turi, jimlik bo’yicha vector) keltirish talab qilinadi. Masalan, std::priority_queue< int, std::vector, std::greater > keltirilgan holda, eng yuqori deb minimal prioritet hisoblangan navbatga ega bo’linadi (greater funksional obyekti sarlavha faylida e’lon qilingan).