Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə308/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir. Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog‘liq bo‘ladi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSh iqtisodchisi I.Fisher ko‘rsatganidek, hamma tovarlarning o‘rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi bilan ruchka narxining o‘rtachasini olib bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig‘indisi olinadi. Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,
1) oltin pul muomalada bo‘lganda:

  1. ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi, zarur

bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;

  1. tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.

2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa teskari mutanosiblikda o‘zgaradi:

  1. oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati

qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;

  1. agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin