O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: O' ХS O'O' Х ;М
bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shartli raqamlar yordamida korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval).
11.1-jadval. Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib boruvchi miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha o‘zgaruvchi va o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan turlicha o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan 300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib bormoqda.
O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib, undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda. Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
O‘UX = O‘DX + O‘O‘X.
Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-rasm):
S
O‘UX
O‘UX
M
O‘DX
0 Q
11.5-rasm. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash lozim. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. So‘nggi qo‘shilgan xarajat deb mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi: SQХ UХ ;
М bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat; ∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi; ∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi. 11.2. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari va omillari Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.