Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Mustaqil ish


Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas



Yüklə 9,72 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü9,72 Kb.
#187833
1   2   3
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari

Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas:

1.moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; 2.tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish; 3.uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish; 4.banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi.

Oliy Majlis Senati:

1.O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; 2.yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib chiqadi.

Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda mustaqildir.

Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, javobgar emas. 

Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.

Yüklə 9,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin