Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Chapter V. THE ANALYSIS OF ENTERPRISE'S BUSINESS AND



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Chapter V. THE ANALYSIS OF ENTERPRISE'S BUSINESS AND 
MARKET ACTIVITY......................................................................................... 
70 
5.1. The analysis of business activity..................................................................... 70 
5.2. The analysis of market activity....................................................................... 73 
Briel summary………………………………………………………………........ 81 
Questions for control a discussions…………………………………………........ 82 
Chapter VI. THE ANALYSIS OF ENTERPRISES FINANCIAL 
RESULTS........................................................................................................ ...... 
83 
6.1. Enterprise's profit analysis.............................................................................. 83 
6.2. Analysis of enterprise profitability................................................................. 90 
6.3. Analysis of enterprise's economic insolvency................................................. 107 
Briel summary………………………………………………………………........ 115 
Questions for control a discussions…………………………………………....... 116 
INSTEAD OF CONCLUSION........................................................................... 117 
THE LITERATURE AND MATERIALS......................................................... 118 



KIRISH 
 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, 
samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish 
darajasini 
aniqlashga 
yordam 
beradi, 
foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning 
moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Xalq xo‘jalikni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik 
faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari 
sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali 
foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. 
Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini 
barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar 
faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy 
ko‘rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. 
Xalq xo‘jalikni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy-
buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarishlik tizimidan voz kechish, 
bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini 
kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning 
moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning 
tarkibini kengaytiradi. 
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil 
qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar 
shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan 
tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aktsionerlar, 
ta’minotchilar, iste’molchilar va boshqa organlar hamda tashkilotlar ham 
shug‘ullanishyapti. Bu holat moliyaviy tahlil, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar 
qo‘ymoqda. 
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, 
jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari 
markazda — butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqilardi, muammolari 
yechilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi. 
Sobiq Ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil 
davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini 
tanlab, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni 
davom 
ettirib, 
bozor 
iqtisodiyotini 
shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jalikni bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan 
holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini 
tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy 
yo‘nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu 
masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini 



tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv 
tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy 
holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul 
qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta 
ahamiyatga ega. 
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida 
moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas. 
Moliyaviy tahlilni o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali 
ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. 
Bu holat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va 
tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda. 
Moliyaviy tahlildan manfaatdor tashkilot va organlar, mutaxassislar, keng 
kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola qilinayotgan kitobimizda bozor munosabatlari 
shakllanayotgan bugungi kun iqtisodiy nazariyasiga asoslanib, sobiq ittifoq davrida 
shakllangan moliyaviy tahlil uslubiyatini, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini 
e’tiborga olib, bozor iqtisodiyoti talablarini ko‘zda tutib, korxonalar moliyaviy 
holatini tahlil qilishning kompleks uslubiyatini ishlab chiqish maqsadlari, tadbirlari 
bayon etilgan. O‘ylaymizki, bu qo‘llanma korxonalarning moliyaviy holatini tahlil 
qilishni yaxshilashda, uning samarasini ko‘tarishga yordam berishi shak-
shubhasizdir. 
O‘quv qo‘llanma muallifi iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar A.T. Ibrohimov, 
Sh.Sh. Shoyokubov, F.Sh. Shamsutdinovlarga o‘quv qo‘llanmani tayyorlash davrida 
uning sifatini, mazmun-mohiyati va saviyasini oshirish niyatida qilgan tavsiya-
takliflari uchun chin qalbdan o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Bu tavsiya va 
mulohazalar muallif tomonidan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha e’tiborga olingan. 
O‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan moliyaviy tahlil uslubiyati, unda tavsiya 
etilgan, foydalanilgan, tahlil qilingan ko‘rsatkichlar tizimining asoslanganligi, 
amaliyligi, zamon talablariga javob berishi respublika korxonalari materiallarini 
muallif tomondan tahlil etish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin