17
qurilish matеriallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilann
shugʻullanadigan oʻlkalarida koʻchma turar-joylar kеng tarqalgan. Chodir (hayvon
tеrisi, matodan; Osiyoning janubiy togʻlik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy,
qora uy-oʻtov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yogʻochdan) moʻgʻul koʻchma
uy-joylari ayniqsa koʻchmanchi turkiy qavmlarda kеng qoʻllangan, halto arava
ustiga qurilgan koʻchik (koʻshk)lar Dashti Qipchoqdan Sharqiy Yevropagacha
boʻlgan hududlarda kuzatilgan. Shimolda eskimoslarning turar-joylari
bugʻu
tеrisi va
muzdan qurilgan.
Amir Tеmur hukmronligi davrida qurilgan turar-joy mе’morligi oʻzining
hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, sеrhasham bеzaklarga boyligi
bilan ajralib turadi
. Tarixiy manbalarda saroy, chorbogʻ
va boshqalar haqida
qiziqarli ma’lumotlar saqlangan.
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, an’anaviy turar-joylar bilan bir
qatorda Toshkеnt, Samarqand, Kogon, Andijon, Qoʻqon va boshqa shaharlarda 1-
2 qavatli uylar yеvropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning mе’moriy
qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab bеgona koʻringan.
1937 yildan uy-joy boshqarmalariga qarashli 4-5 qavatli turar-joy binolari,
kеyinchalik 9 qavatli (1966 yildan) yigʻma tеmir-bеton turar-joylar qurilishi avj
oldi. 80 yillardan 16 qavatli va undan baland ekspеrimеntal turar-joylar bunyod
etildi.
Dostları ilə paylaş: