Toshkent amaliy fanlar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Umumiqtisodiy fanlar“ kafedrasi yig‘ilishining 3-sonli bayonnomasidan ko‘chirma



Yüklə 25,51 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü25,51 Kb.
#197859
Fattoyev KOCHIRMA (3) (10)


Toshkent amaliy fanlar universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Umumiqtisodiy fanlar“ kafedrasi yig‘ilishining
3-sonli bayonnomasidan


KO‘CHIRMA

Toshkent shahri 06.10.2023-yil


Qatnashdilar: 16 nafar kafedra a’zolari


KO‘RILGAN MASALA:

Toshkent amaliy fanlar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi i.f.n dots E.Q Qayumov, assistent E.A Fattoyev, assistent M.B Berdimuradovlar tomonidan yozilgan o’quv qo’llanma muhokamasi.




ESHITILDI:

Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri i.f.f.n. dotsent M.Ataniyazova axboroti tinglandi va muhokama qilindi. “Korxonalar moliyaviy holatini ekonometrik model asosida tahlil qilish” fanidan dars mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishda o‘quv adabiyotlar yetarli emasligi va ushbu fan bilan bog‘liq o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan talab yuqoriligi hamda dolzarb masala bo‘lib qolayotganligi, i.f.n dots E.Q Qayumov, asistent E.A Fattoyev, asistent M.B Berdimuradov tomonlaridan “Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha)”, yo‘nalishlari uchun o’quv qo’llanma talabalarning bo‘shlig‘ini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab, ushbu o’quv qo’llanma ma’lum qilindi. 1. Mas’ul muharrirlar: Kafedra mudiri i.f.f.d. dotsent M.Ataniyazova, 2. Taqrizchi: i.f.n dots Hayitmatov O’ 3. Taqrizchi: TDTU Oliy Matematika kafedrasi, dotsenti f-m.f.n. SH.T.Pirmatov tomonlaridan ijobiy taqriz berganligini ta’kidlab o’tildi. Ushbu o’quv qo’llanma Toshkent amaliy fanlar universiteti “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi professor o’qituvchilarining fikr va takliflari eshitildi.


So‘zga chiqdilar:
1. “Umumiqtisodiy” kafedrasi dotsenti Sh.B G’ulomov so‘zga chiqib, kunduzgi talabalar uchun ushbu o’quv qo’llanma zaruriy manba bo‘lib, undan dars mashg‘ulotlarida fan o‘qituvchilari keng foydalanadi va talabalar ham undan foydalanib o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlab, uni chop etish taklifini bildirdi.
2. “Umumiqtisodiy” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.M. Sharipov so‘zga chiqib, ushbu o’quv qo’llanma bilan yaqindan tanishganligi, o’quv qo’llanma yangi avlod adabiyotlari talablariga javob berishi, mazmun mohiyati jihatidan eng so‘nggi ma’lumotlar asosida yaratilganligi va dars samaradorligini ta’minlashda munosib xizmat qilishini ta’kidlab, bunday o’quv qo’llanmalarga bugungi kunda talab yuqoriligini uqtirib, ushbu o’quv qo’llanmani chop etish taklifini kiritdi.
3. “Umumiqtisodiy” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.B. Bababekova so‘zga chiqib, ushbu o’quv qo’llanma bugungi kun talabalari uchun ayni muddao ekanligini ta’kidlab, o’quv qo’llanma sodda, ravon yozilganligi va bu esa o‘z navbatida talabalar bilimlarini mustahkamlashga amaliy yordam berishini takidlab, ushbu o’quv qo’llanmani tadbiq etish taklifini kiritdi.
4. “Umumiqtisodiy” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.M.Urazov so‘zga chiqib, ushbu o’quv qo’llanmaning o‘ziga xos jihati - bu o’quv qo’llanmadagi materiallar sodda, talabalarga tushunarli tarzda yozilgan, jadval va chizmalar bilan boyitilgan, ushbu o’quv qo’llanma talabalarda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilishini aytib, uni chop etish taklifini kiritdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kafedra majlisi qaror qiladi:
1. Kafedra mudiri i.f.f.d. dotsent M.Ataniyazovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mualliflar: i.f.n. dots Kayumov E.K, asistent E.A Fattoyev, asistent M.B Berdimuradov tomonlaridan talabalar uchun tayyorlangan “Korxonalar moliyaviy holatini ekonometrik model asosida tahlil qilish” fanidan O’quv qo’llanma fakultet Kengashi muhokamasi uchun taqdim etilsin.
3. O’quv qo’llanma chop etish bilan bog‘liq barcha hujjatlar i.f.f.d. dotsent M.Ataniyazova zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi: M.Ataniyazova




Kengash kotibi: M.Urazov
Yüklə 25,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin