Toshkent 2023 toshkent moliya instituti mavzu: makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada risklarni boshqarish sug‘urta risklarni boshqarishning muhim usul tayyorladi: ssi-50 guruh talabasi M. Mirtolipov


Sug‘urta riskining asosiy mezonlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/7
tarix20.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#132931
1   2   3   4   5   6   7
risk

Sug‘urta riskining asosiy mezonlari:

Sug‘urta riskining asosiy mezonlari:

  • • risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas;
  • • mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak;
  • • riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak;
  • • sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas;
  • • riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obyektiv o‘lchash va baholash imkoni mavjud.

Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.
Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis-epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar).
Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi.
Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi.
 

Risklarni boshqarish va sug‘urta

  • Risklarni boshqarish va sug‘urta
  • Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq. 
  • Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
  • Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud (2-rasm):
  • > risk obyektining tahlili;
  • > riskni aniqlash;
  • > riskni baholash;
  • > riskka ta’sir etish usullarini aniqlash;
  • > qaror qabul qilish;
  • > riskka bevosita ta’sir o‘tkazish;
  • > boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish.
  • Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin