Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

1-Modul. Umumiy ekologiya 
 
I Bob. Ekologiya fani, uning maqsadi va vazifalari 
I.1. Ekologiya fani,uning predmeti va vazifalari

―Ekologiya‖
– 
yunoncha so‗z bo‗lib, 
―oykos‖–uy
va 
―logos‖–fan, ta‘limot
degan ma‘nolarni 
anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olim Ernest Gekkel 
―Organizmlar morfologiyasining umumiy printsiplari‖ asarida izohlab bergan edi.
E.Gekkel ―umumiy ekologiya‖ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o‗zaro 
aloqalarini va ta‘sirini o‗rganadigan fan-deb, ta‘riflagan edi. 
Umumiy ekologiya–biologiya fanining bir bo‗lagi bo‗lsa-da, ammo botanika, 
zoologiya nisbatan yangi fan bo‗lib, u XX-asrning boshlarida rivojlana boshladi. 
E‘tirof etish kerakki, tabiat hodisalariga oid tushuncha va ta‘limotlar 
takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishi, inson bilan tabiat o‗rtasidagi 
bog‘liqlik IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy
Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Jayhoniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, 
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi alloma-bobokalonlarimiz asarlarida ham o‗z 
ifodasini topgan. 
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularning o‗zi 
yashab turgan muhit bilan o‗zaro murakkab munosabatlari, hamda shu 
asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‗rganadi.
Ya‘ni tirik mavjudot va 
uning ma‘lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq 
etadi. Bu esa 
ekologik tizimlar 
yoki 
ekotizimlar
deb ataladi. 
I.1.1-jadval 
―Ekologiya‖ fanining asosiy vazifalari

Hayot jarayoni qonuniyatini o‗rganish, shuningdek, insonning tabiiy 
tizimlarga va biosferaga ko‗rsatayotgan ta‘sirini bir butun holda o‗rganish. 

Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab 
chiqarish, inson faoliyati tufayli o‗zgargan tabiatdagi jarayonlar va 
o‗zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun 
eng qulay muhitni saqlash. 

Populyatsiyalar sonini boshqarish, ya‘ni kimyoviy moddalardan oqilona 
foydalanish. 

Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o‗rganish va ularga qat‘iy rioya 
qilish. 

Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish 
yo‗llarini ko‗rsatish. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin