To‘lib o‘pkasi yigiabon zor-zor,
Dedi: «Muncha oxir deding, — bor-bor.
73
Eshikingda qo‘ysang agar ot boqay,
0 ‘lumga buyursang boshim-la chopay.
Borib qay kecha bo‘ldi korim tamom,
Tomog‘imdan o ‘tmas hanuz ham taom...
Javobimni berg‘il, agar bor desang,
Yuray yoki qo‘y bormag‘il, bor desang».
Eshitkach Oxun ushbu hangomani,
Olib boshga qotti kulib jomani.
0 ‘tib buyla pinhon qiziq mojaro,
Uruslarga bo‘ldi magar bir balo:
Bu ham sindi nogoh Laxtin sabil,
Berishtimu bilmamki bir-birg‘a til.
Yig‘ildi tamomi puli borlar,
Qilib jonlarig‘a bu g‘am korlar.
Demang ushbu so‘zlami siz o‘truk,
0 ‘tuz ikki oyg‘a olishti suruk.
Xabar do‘g‘ma berdi puldor kelib,
Olur eski veksilni yangi qilib.
Bo‘shon bist hazor oqchag‘a begumon,
0 ‘n ikkiga veksilni yangilogon;
Sakiz mingig‘a o‘zi maxfi borib,
Bo‘nak yangilab keldi charchab-horib.
Bu ishga jamii tijoratchilar,
Dedilarki, devona — Majnun magar.
Bu asnoda topdi Musajon shikast,
Qilib gardi nakbat yuzig‘a nishast.
Puli bor edi ming so‘m munda ham,
Urusdin yomon muncha chekdi alam.
74
0 ‘shal oqshomi uyqusi kelmadi,
N
ihon dard-u so‘zi kishi bilmadi.
Dedi uchrab o‘tkanda Mavlon aka:
«Siza iltimosim bu kim: jon aka,
Olib bersangiz oqchami olti ming,
Boring besh yuzini o‘zingiz oling!»
Dedi boyki: «Andin pul olmoq qiyin,
Busotida anqo erur bir tiyin.
Agar yetsa edi unarga ko‘zim,
Dostları ilə paylaş: |