Tolipova t



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

SAVOL (vazifa) – Eng muhimi savollarni to‘g‘ri shakllantirish va berish. Ular o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak, o‘rganilayotgan savol mohiyatini ochib berishi, tizimda bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berishi kerak. Savollar mazmuni va shakliga ko‘ra ta’lim oluvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishi lozim.
Esda tuting: oson savollar faol bilish faoliyatini rag‘batlantirmaydi, jiddiy munosabat esa bilishga rag‘batlantiradi.
Bahs, munozara, suhbatda suhbatdosh (raqib)ni faollashtirish va o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga yordam beruvchi savol turlari:

  1. Ilmoq-savol – suhbatdosh (raqib)ni chalg‘itish, ruhiy muvozanatdan chiqarishga qaratiladi.

  2. Qarshi savol – suhbatdosh (raqib)ning fikr-mulohazasini yo‘qqa chiqarish maqsadida beriladi.

  3. Majburlovchi savol – suhbatdosh (raqib)ni o‘z fikri bilan qo‘shilishga da’vat etish uchun qo‘llaniladi.

  4. Aniqlik kirituvchi savol – suhbatdoshdan qo‘shimcha ma’lumot olish zarur bo‘lganda beriladi.

  5. Ochiq savol –“Ha” yoki “Yo‘q” javobiga ega bo‘lmagan aniq javob talab qiladigan savollar. Bunda “qachon?”, “qayerda?”, “qanday?”, “nimaga?” kabi savollar beriladi.

  6. Yopiq savol – “Ha” yoki “Yo‘q” javobiga ega bo‘lgan savollar. Bunday savollar suhbatdoshni zo‘riqtiradi. “Meni nimadadir gumon qilishayapti” degan xulosaga keladi.

MUHOKAMALAR predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Muhokama nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. O‘quvchilar mavzuga oid mulohazalarini obʼyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) sifatida bildirishlari lozim. Muhokama oddiy va murakkab olib borilishi mumkin. Oddiy muhokamaning sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq muhokama "hammasi ha"; 2) umumiy inkor "hech bir emas"; 3) juzʼiy tasdiq “baʼzi hadir”; 4) juzʼiy inkor “baʼzi emas" formulasi orqali ifodalanadi. Murakkab muhokamaning tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Muhokamalarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin:
1) birlashtiruvchi. Masalan, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) ayiruvchi. Masalan, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli. Masalan, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik. Masalan, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi.
Muhokama tafakkur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.
DIZAYN – (ing . design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn XX asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 80-yillarning 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va b. bilimlarga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin