Tog’ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga EGA. Tog’ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq



Yüklə 15,5 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü15,5 Kb.
#203265
kirish (2)


KIRISH
Tog’ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Tog’ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslari xossalarini aniqlaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun tog’ jinslarining xossalari qattik, gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq.
Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baholashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Tog’ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik tog’ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (masalan, pemza va pemza tuflari). Choʻkindi tog’ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saqlanib qolishi mumkin. Metamorfik tog’ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriqlar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslari odatda, issiqlikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yanada susayadi.
Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) boʻlgan jinslarda issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining ko’pi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiqlik (temperatura), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik oshib boradi. Issiqlik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, bug’lanishiga olib keladi, natijada togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi.
Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi togʻ jinslarining elektromagnit va radioto’lqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslari foydali qazilma sifatida o’ziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geologiya (jumladan, muxandislik geologiyasi) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Yüklə 15,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin