Tiroksin va uning birikmalarini molekula tuzilishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi reja: Kirish


Yodning ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori



Yüklə 194,02 Kb.
səhifə3/5
tarix06.06.2022
ölçüsü194,02 Kb.
#60760
1   2   3   4   5
Tiroksin va uning birikmalarini molekula tuzilishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi

Yodning ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori

Mahsulotlar

Yod miqdori 100 g da mk

Mahsulotlar

Yod miqdori 100 g da mk

Tuxum

60

Sabzi

35

Sut

45

Kartoshka

32

Piyoz

44

Loviya

24

Shovul

39

Qora non

14

Karam

37

No‘xat

10

Oziq-ovqatlarni pishirish, qaynatish natijasida ularning tarkibidagi yod ancha kamayib ketadi. Yodga bo‘lgan taqchillikning oldini olish uchun osh tuzi kaliy yod bilan yoki natriy yod bilan boyitiladi. Buning uchun aytilgan yod birikmasidan har 100 kg osh tuziga 1,0-1,5 g qo‘shiladi. Yodning spirtdagi eritmasi yoki suvdagi aralashmasi dezinfeksiyalovchi, zararsizlantiruvchi, kuydiruvchi modda sifatida tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi. Ovqatlanishda kon tuzidan foydalanish kishining yodga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kon tuzi tarkibida boshqa Mikroelementlar bilan bir qatorda yod ham mavjuddir
Yod qalqonsimon bezning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu bez qonda yodning noorganik birikmasini yig‘ib undan organik birikmalar – tiroksin, diyodtirozin va triyodtirozin kabi gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar moddalar va eneriya almashinuvida ancha faol bo‘lib, organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarga qatnashadi. Yana shu narsa muhimki, oziq moddalar uzoq vaqt saqlansa, ularning tarkibidagi yod juda kamayib ketadi, masalan kartoshka 4 oy saqlansa undagi yod 45,3% ga kamayadi. Bunday paytlarda oziq moddalar qo‘shimcha ravishda yod bilan boyitilishi kerak
Yodning odam tanasidagi fiziologik ahamiyati tiroksin sintezida ishtirok etishda yuzaga chiqadi. Tiroksinning tarkibiy qismida yod bo‘lishi bejiz emas. Yod yetishmay qolganida tiroksin kam ishlanib chiqadi. Natijada, gormon yetarlicha hosil bo‘lmay, bez to‘qimasi kattalashib ketadi. Organizmdagi yodning asosiy miqdori ham qalqonsimon bez tarkibidadir. Katta yoshdagi odam tanasida o‘rta hisobda 25 mg yod bor deb hisoblansa, uning 1/3 qismi qalqonsimon bezda bo‘ladi. Bu bez organizmda yod almashinuvining markazidir. U qondan juda spetsifik ravishda yodni yutib, o‘zining gormoni - tiroksin sintezi uchun ishlatadi. Tiroksin tarkibida 64% dan ortiq yod bor. Gormon periferik organlarda almashinganda erkin yod ajralib, uni bez qaytadan yutadi. Qonda yodning miqdori 3 mkg dan 20 Tireoid gormonlarining biosintezi.


Yüklə 194,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin