Til millat ko`zgusi



Yüklə 14,9 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü14,9 Kb.
#111810
Til-millat-kozgusi-tadbiri-dasturi


“Til – millat ko`zgusi” tadbiri dasturi
1 – boshlovchi: Bugun joningizga fido jonimiz
Baxtlarga to`lsin, har bir onimiz
Takrorlab aytadi xush zabonimiz
Assalomu alaykum qadrdonlar!
2- boshlovchi: Kunda to`y- tomosha bazmdamiz biz,
Qo`shiq aytib navo – nazmdamiz biz,
Sizga bir umrga ta`zimdamiz biz,
Assalomu alaykum, qadrdonlar!
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli do`stlar, opa – singillar! Mana bugun ona – yurtimizning har bir go`shasida katta bayram, katta shodiyona. Ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilgan kunga roppa – rosa 28 yil to`ldi.
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli davramiz ishtirokchilari. Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo`tabar bo`lgan elimizning ulug` bayrami – til bayrami bilan muborakbod etamiz. “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi” berilgan kunga bag`ishlab 5 – “A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Til –millat ko`zgusi” deb nomlangan kamtarona tadbirimizni e`tiboringizga havola qilamiz! Tabrik uchun so`z beriladi.
Vatan” qoshi`gi
1 – boshlovchi: Oh, ona tilginam muqaddas tilim
Bir o g`iz so`zingga jonim tasaddiq
Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim,
Bormikan ajib til sendan ham ortiq.
2 – boshlovchi: Endigi navbatni ona tilimizni madh etuvchi she`rlarga bersak. Marhamat.
Ona tili haqida she`rlar ( 12 ta )
1 – boshlovchi: Ha, ona tilimiz har birimizga jon kabi yaqin va aziz, ko`nglimizga cheksiz surur bag`ishlaydi.
2 – boshlovchi: Chunki ona tili ona suti orqali jon – jonimizga, qon – qonimizga singib ketgan. Shu sababli bo`lsa kerak, uni buyuklikda eng mo`tabar zot onaga qiyoslashadi va “ona tili” deb e`zozlashadi.
“Ona” qo`shig`i
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
2-boshlovchi: Baxrom aka , keling, o’zbek tili tarixiga oid bo’lgan ma’lumotlarimizni shu yerda to’xtatib tursak-da, tomoshabinlarimiz qalblariga huzur bag’ishlash niyatida navbatni bir go’zal taronaga bersak. Marhamat!
( raqs )
1 – boshlovchi: O`zbek tilimiz bugun 28 yoshga to`ldi. Shuncha yillar davomida u o`zligini aslo yo`qotmadi.
2 – boshlovchi: Keling Muhammadyusufxon, davramizga ona tili malikasini taklif qilsak va tavallud ayyomlari bilan muborakbod etsak.
Musiqa sadolari ostida ona tili malikasi tashrif buyuradi.
Ona tili : Bugun yurtda shodiyona
Bayram avjida do`stlar,
Tabrik etib qutlagaysiz,
Qadrdon, aziz, do`stlar!
Assalomu alaykum, jannatmakon yurt egalari, mustaqil vatan poydevorlari. Mening tavallud topgan kunim bilan qutlash uchun tashrif buyurgan aziz insonlar!
1 – boshlovchi: Ona tili malikasi, sizning tavallud topgan kuningiz bilan
HAMMA: Tabriklaymiz!
2 – boshlovchi: Necha yillardan beri biz seni ardoqlab, qalbimiz to`rida saqlab kelamiz.
1 – boshlovchi: Malikam, sizni qutlash uchun dunyoning 7 iqlimidan kelgan mehmonlar navbat kutib turishibdi. Ruhsat bersangiz, ularni davramizga taklif qilsam.
1 – mehmon “Amor” ( ingliz tilida tabrik)
2 – mehmon “Kalinka” ( rus tilida)
3 – mehmon “Andijon polkasi” ( Andijonliklar)
4 – mehmon “Bahor va kuz”
Ona tili : Rahmat, azizlarim. Sizlarning tabrik so`zlaringiz mening dilimni shod etdi. Meni e`zozlar ekansiz, millat ko`zgusi bo`lib qolaveraman.
Raqs
Ona tili haqidagi she`rlar aytiladi.
1 – boshlovchi: Durdonaxon, ona tilimizni avaylash haqida so`z borar ekan, hozirgi kunda tilimizni buzib talaffuz qilib, boshlarini telefondan ko`tara olmayotgan yoshlarni ham uchratib qolamiz.
2 – boshlovchi: Yo`g`eee, nahotki shundaylar ham oramizda bo`lsa.
1 – boshlovchi: Bo`lmasa, davramizga mehmonlarni taklif etamiz va ulardan ajoyib maslahatlarni eshitamiz.
“ Telefondan bosh ko`tar” qo`shig`I
1-boshlovchi: Bisyor bo’lsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.

2 – boshlovchi: Bu yorug’ dunyoda Vatan bittadir,


Bittadir dunyoda ona degan nom.
Yakuniy qo`shiq
“Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston”
1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, shu bilan bugungi bayram tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Ulug‘ ajdodlarimiz, ota bobolarimiz so‘zlashgan til – bizning yuragimizda ildiz otgan daraxtga o‘xshaydi. Bu daraxt doimo yashnab turmog‘i kerak. Uni ulug‘ ajdodlar qadrlagandek sevishimiz, boyishiga hissa qo‘shishimiz bilan birga, tilimizdagi jozibador so‘zlarning talaffuzini buzmasdan so‘zlashishimiz kerak.
2 – boshlovchi: Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
Qo`qon shahar XTB tasarrufidagi 15 – umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan “Til – millat ko`zgusi” tadbiri
DASTURI

O`qituvchi: To`xtaboyeva D
Yüklə 14,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin