Tiklanishdan milliy yuksalish sari



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə9/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi yo‘l.

Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha amalga
oshirilgan islohotlar O‘zbekiston tashqi siyosatida Yangi yo‘l bо‘ldi.
Ushbu yо‘nalishda 2017-yil Mudofaa sanoati davlat qо‘mitasi tuzildi. Davlat chegarasini muhofaza qilish va qо‘riqlash tizimini takomillashtirish bо‘yicha kompleks tashkiliy-amaliy choralar amalga oshirildi. Ichki ishlar tizimi tubdan isloh qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qayta tashkil etildi. “Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib respublika barcha ta’lim muassasalarida о‘ziga xos noyob –
uzluksiz harbiy-vatanparvarlik ta’limining yaxlit tizimi yaratildi. Qurolli Kuchlar Akademiyasi butunlay yangidan shakllantirildi.
Markaziy Osiyo – tashqi siyosatning bosh ustuvor yо‘nalishi” tamoyili bо‘yicha 2017-yil davomida О‘zbekiston Prezidenti tomonidan mintaqadagi davlat rahbarlari bilan 20 ta uchrashuv va muzokara, 8 ta davlat tashrifi va 4 ta amaliy tashriflar uyushtirildi. “Toshkent-Olmaota” yо‘nalishi bо‘yicha temir yо‘l qatnovi, Toshkent va Dushanbe о‘rtasida avia qatnovlar yо‘lga qо‘yildi.
2017-yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya о‘tkazildi. Qо‘shni davlatlar bilan о‘zaro dо‘stona siyosiy muhit, о‘zaro ishonch va dо‘stlik aloqalari mustahkamlandi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor О‘zbekiston Prezidenti sifatida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sо‘zladi. BMT Bosh Assambleyasi, SHHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar va Xitoyda bо‘lib о‘tgan “Bir makon, bir yо‘l” forumida О‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qо‘llab-quvvatlandi.
2018-yilda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin