The archeological background


Osiyoning zamonaviy odamlar xususidagi dalillari



Yüklə 24,58 Kb.
səhifə6/8
tarix06.04.2022
ölçüsü24,58 Kb.
#54846
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu.Zamonaviy odam kelib chiqishiing arxeologik dalillari

Osiyoning zamonaviy odamlar xususidagi dalillari.

Osiyodan topilgan qadimiy odamzot izlari Yevropanikiga nisbatan ancha xilma-xilroqdir. G`arbiy va Sharqiy Osiyoning qadimiy odamlarga oid topilma va qazilmalari o`rtasida katta farqlar bor. O`z ichiga Yaqin Sharqni ham qamrab olgan G`arbiy Osiyo geografik jihatdan Afrika bilan yaqin bo`lib, u yerdan bo`ladigan tabiiy migratsiyani ta`minlaydi. Mazkur regionda 200-50 ming yilliklarda neandertallar va ilk zamonaviy odamlar egallashgan davrda Uzoq Sharqda neandertallarga ham, zamonaviy odamlarga ta`luqli bo`lmagan odamlar istiqomat qilishgan. Yaqin Sharqda arxiak davrdan zamonaviy davrga arxeologik jihatdan o`tish xuddi Yevropada 40 ming yil ilgari mustyedan so`ngi paleolitga o`tishga tipologik jihatdan juda o`xshash. Agar zamonaviy odam Afrikadan Yaqin Sharq orqali G`arbiy Yevropaga o`tgan bo`lsa, buning dalillari Yaqin Sharqda bizni kutib turigan bo`lishi kerak.

Isroildagi yoshi 47-38 ming yilliklar oralig`ida bo`lgan Boker Tachit manzilgohi bu harakatning dalili bo`lib xizmat qiladi. Yaqin Sharqdan so`ngi paleolit davrida yashagan odam qoldiqlari yetarli darajada topilmagan. G`arbiy Osiyoda Yevropadan farqli ravishda zamonaviy odam mustye davridan shaklana boshlagan. Isroildagi taxminan 100 ming yoshli Skhul va Qafzeh manzilgohlari yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalili bo`la oladi. Bu qoldiqlar neandertallarning zamonaviy odamga aylanilishi bosqichida bo`lishi mumkin. Shunga qaramasdan 60 ming yil muqaddam mustye davrida zamonaviy odamning shakllanishi bu hududda so`ngi paleolit davrigacha bo`lgan jumboq hisoblanadi. bu holat Skhul va Qafzehgacha zamonaviy odam shakllanihshi yuz berib bo`lganligini anglatadi. Yaqindagi tahlillar bu ikki manzilgoh aholisi xar-xil ovchilik strategiyalaridan foydalanishgan. Antropolog Klyayn Skhul va Qafzeh odamlari anatomik jihatdan o`ta o`zgaruvchan bo`lib, arxiak odamlarga tegishli ayrim belgilarga xususan, bad qovoqroq va katta tishlarga ega bo`lishgan. U bu xaqda shunday deydi: “ bu ikki odamlar guruhi ovchilik salohiyatiga ko`ra neandertallardan ko`ra zamonaviy odamning ajdodi bo`la oladi ”. ammo ular nevrologik jihatdan hali to`la zamonaviy odamga aylanmagan edi. Antropologlar Klark va Lindelylarning takliflari Kleynning taklifidan farq qilib, Sharqiy Osiyoda zamonaviy odamlarning vujudga kelish dalillariga ayrim dalillar yetmaydi deb hisoblaydilar.


Yüklə 24,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin