The archeological background


Yevropaning zamonaviy odamlar xususidagi dalillari



Yüklə 24,58 Kb.
səhifə5/8
tarix06.04.2022
ölçüsü24,58 Kb.
#54846
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu.Zamonaviy odam kelib chiqishiing arxeologik dalillari

Yevropaning zamonaviy odamlar xususidagi dalillari.

Yevropaning so`ngi paleolit davri madaniyatining har bir sahifasi inqilobiy o`zgarishlar bilan boyib borgan. Bu davrdagi arxeologik va qadimiy qazilma odam qoldiqlari yetarlicha topilgan. Mintaqadagi mustye yodgorliklaridan topilgan homininlarning barchasi neandertaldir. So`ngi poleolit davriga oid qazilma odamlar esa zamonaviy bosqich odamiga tegishlidir. Fransiyada joylashgan Arsi Syur Kyur va Sen Sezar makonlari zamonaviy odam makonlari hisoblanadi. Ammo ularda g`alatiroq holat uchraydi. Ulardan topilgan tosh qurollar mustyedan orinyakka o`tish bosqichida ekanligidan dalolat beradi. Bunday madaniyat Shatelperon madaniyati deb ataladi. Ayrim olimlar Shatelperon madaniyati oraliq texnologiyasi bu yerning aholisi anatomik jihatdan zamonaviy odamga aylanganligini ko`rsatib berdi. Skhul va Qafzeh manzilgohlari odamlari to`la zamonaviy odamga aylanib bo`lgan edi. Ammo ularda ayrim arxiak belgilar, jumladan peshana bo`rtiqroq va tishlari esa katta bo`lgan. Sharqiy Osiyo topilmalari ayrim xususiyatlariga ko`ra murakkab. Homo erektikusdan to 10 ming yillikkacha bo`lgan davrgacha bo`lgan davrdagi xuddi Yevropa ilk paleolitdagi singari keskin o`zgarishlar sodir bo`lmagan. Shri- Lankadagi Batadomba Yena g`oridan radiouglerod tahlillar bo`yicha yoshi 28500 ga teng bo`lgan mikrolitlar topilgan. Xuddi shunday topilmalar Sibirdan ham topilgan bo`lib ularni yoshi 35000-20000 yilni tashkil etadi. Janubiy-sharqiy Osiyodan 6000-45000 yil ilgari sodir bo`lgan odamlar migratsiyasi zamonaviy odam evolyutsiyasi sodir bo`lgan vaqtni anglatadi. Shu bois zamonaviy odam evolyutsiyasining Osiyo nuqtai nazaridan isboti unchalik xaqiqatga mos emas. Afrikada sodir bo`lgan evolyutsion o`zgarishlar zamonaviy odamlarning paydo bo`lishini isbotlashda qulayroq. Afrikaning o`rta tosh davriing so`ngi ikki o`n mimg yilliklari xronologik va texnologik jihatdan Yevropaning orta tosh davri ekvivalentidir.




Yüklə 24,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin