Texnologiyalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy



Yüklə 36,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü36,59 Kb.
#207620
  1   2   3   4
respublika



 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
394
O‘QUV JARAYONINI ARALASH TA’LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH 
Allamova Shohista Shavkat qizi 
CHDPU, Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7932768
Annotatsiya.
Axborot hajmi va talabalarning mustaqil ishi ulushining ortishi, o‘qituvchi 
yagona manba bo‘lgan ta’lim jarayoni, shuningdek, talaba bilimning “passiv” ob’ekti sifatida 
ko‘rib chiqilishi – yangi ta’lim texnologiyalarini izlashni va talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga 
o‘tish zaruratini talab qiladi. Maqolada ma’ruza mashg‘ulotlarini aralash ta’lim asosida tashkil 
etishni loyihalash haqida so‘z ketadi.
Kalit so‘zlar: 
Aralash ta’lim, mustaqil ta’lim, online ta’lim, Flipped classroom. 
 
Bugungi kunda ushbu vazifani amalga oshirishda aralash ta’lim ham muhim ahamiyatga 
ega. Aralash ta’lim asosida elektron texnologiyalarining hozirgi rivojlanish darajasi ta’lim 
tizimining innovatsion jarayonlarga intilishi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv 
jarayonini o‘zgartirish va talabalarning mustaqil ta’lim vaqtini optimallashtirish zarurligini taqozo 
etmoqda.
Zamonaviy oliy ta’lim tizimida eng samarali innovatsion usullar va texnologiyalarni 
tanlash muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Innovatsion usullar fan va axborot 
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga asoslangan usullardir. Aralash taʼlim 
jarayonini optimallashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni 
yaratishga qaratilgan boʻlib, bu taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi [1]. 
Aralash ta’lim asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi 
olimlar va pedagoglarni ta’lim jarayonida ulardan samarali foydalanishning tobora ko‘proq yangi 
imkoniyatlarini o‘rganishga undaydi. 
Oliy ta’limda aralash ta’lim asosida elektron 
ta’limning ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalari aralash ta’limni qabul 
qilmoqdalar, chunki bu: 

raqamli dunyoda zamonaviy talabalarning yashash ehtiyojlarini qondiradi; 

pedagogik innovatsiyalarni rag‘batlantiradi; 

universitet ichidagi va universitetlararo miqyosda bilim almashish va hamkorlikni 
rivojlantirishga yordam beradi; 

masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi va talabalarning turli toifalari uchun 
ta’lim olish imkoniyatlarini soddalashtiradi. 
Shuningdek, biz aralash ta’lim asosida o‘quv jarayonini tashkil etish talabalarga bir qator 
afzalliklarni berishini ham aniqladik:

darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o‘rganish;

o‘z bilimi uchun mas’uliyatni qabul qilish va anglash;

arzon va sifatli elektron ta’lim resurslarini olish;

o‘zaro yordam;

o‘z ta’lim yutuqlarini tanqidiy baholash qobiliyati

AKT-kompetentligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish. 
Ta’limning bu turining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: 

qiziquvchi talabalar bir-biri bilan ishlaydi,

individual mashg‘ulotlar uchun vaqtni oshirish

talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqot yangi sifat va miqdoriy darajaga 
ko‘tariladi; 



Yüklə 36,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin