bilan farq qilgan. Kandakorlik Kandakorlik o'zbek xalq amaliy bezak
san'atming eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Kandakorlik deganda
metalldan yasalgan buyumlarga o'yib yoki bo'rtma qilib naqsh ishlash
tushuniladi. Savdo-sotiqda qadimdan kandakorlik buyumlariga talab
katta boigan. Bu asarlar ramziy ifodalaming yangi uslublari hamda
g'oyalarini tarqatish tnanbai bo'lib xizmat qilgan. Mis buyumlaming
turlari. Metalldan yasalgan idishlarning umumiy shakli m a’lum
proporsiya hamda seluetga ega. Jumladan mis laganlar ko'pincha
do ira simon. ovalsimon, to'rtburchak shaklda boladi. Mis laganlarining
lavxori, dulava kabi turlari bor. Lavxori - oval simon yoki
to'rtburchak mis lagan bo'lib, ulaming lablari yon tomonga qayrilgan
bo'ladi. Dulava - tuxumsimon yoki to'rtburchak shakldagi mis laganlar
bo'lib. ular yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgan
bo'ladi. Zargarlik buyumlari. Ular turli-tuman bo'lib. o'ziga xos
nomlanadi. Peshonaga taqiladigan tillaqosh, bargak, quloqqa - zirak,
boshga - takdozi, sanchoq, oltin tumor, ko'krak bezagi murg'ak.
zebigardon, tumorcha soch bezaklari, zulfi tilla, osma bezak, gajak.
butun tirnoq, yarim tirnoq, qo'sh duo, burun bezagi, yuz bezagi, bel
bezagi kamar, boyintum or, bilakuzuk, uzuk va boshqalar. Bulaming
barchasi kelin-kuyovlar libosini to'ldirib, xonadonda to'y, bayram va
boshqalarda taqiladi.
Dostları ilə paylaş: