Texnologiya darslarini tashkil etish


Yubkаni bеzаsh vа охirgi ishlоv bеrish



Yüklə 360,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/25
tarix18.12.2023
ölçüsü360,34 Kb.
#184175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Texnologiya darslarini tashkil etish

Yubkаni bеzаsh vа охirgi ishlоv bеrish.
(2-soat)
Darsning maqsadi:
a) ta ’limiy
- o’quvchilarga yubkani bezash va oxirgi ishlov berish 
ishlarini o’rgatish;.


b) tarbiyaviy
- o’quvchilarni kiyim tikishga va kiyishga oid estetik didini 
o’stirish, tejamkorlikka o’rgatish; 
c) rivojlantiruvchi
- o’quvchilarning yubkalarni tikish ishlari haqidagi 
ko’nikmalarini kengaytirish. 
Kasbga yo’naltiruvchi maqsad
: o’quvchilar modelyer, bichuvchilik 
va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Darsning vazifasi: o’quvchilarga yubkalarga ishlov berish ishlarini 
o’rgatish.
Dars tipi: yangi bilimlar berish.
Darsning turi: nazariy va amaliy.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, bahs-munozara, tushuntirish, 
kichik guruhlarda ishlash, klaster, taqdimotva “nimauchun” usullari.
Darsning jihozi: bitmagan yubka namunalari, dazmol, dukcha, maniken, 
santimetrli lenta, mavzuga oid rangli rasmlar, plakatlar.
Fanlararo bog’lanish: chizmachilik, tibbiyot, kimyo, iqtisod.
Darsning borishi:
I.
 
Tasbkiliy qism.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash Savollar:
1. Belboqqa qanday tartibda ishlov beriladi?
2.
Agar belbog’ bo’ylamasiga ikki qismdan iborat bo’lsa, necha sm qoldirib 
tikiladi? 
3. Belbog’ qanday tartibda dazmollanadi? 
4. Yubkani etak qismi qanday qaviqda tikiladi?
5.Yubka tikishda qanday xayfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish kerak?
II.
 
Yangi mavzuni bayon qilish: Reja:
1.
Yubkani bezash.
2.
Yubkaga oxirgi ishlov berish.
Nazariy ma’lumot. Kiyim tartibi bo’yicha tikib bo’lingach, uning 
sifatiga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.
Kiyimning ustki ko’rinishi tanlangan fasonga estetik jihatdan ham, 
kiyishga qulayligi jihatdan ham javob berishi kerak.
2.
Mashina va qo’l choklari qoidaga muvofiq bo’lishi lozim.
3.
Oxirgi ishlov berishda avval uning tugmachalari qadaladi, modeliga 
qarab bezak choklari tikiladi. Ko’klash choklari olib tashlanadi va 
tozalanadi, dazmollanadi. Gazlamaning xususiyatiga qarab dazmollash 
ham turlicha bo’ladi. Chit, shotlandka, umumanpaxta, kanop tolasidan 


to’qilgan gazlamalarni o’ng tomonidan dazmollash mumkin. Jun, ipak 
tolasidan to’qilgan gazlamalarni o’ng tomonidan dazmollash mumkin. 
Jun, ipak tolasidan to’qilgan gazlama lami teskari tomonidan 
dazmollanadi yoki presslanadi, ishni avtomat, yarim avtomat presslarda 
bajariladi. Fabrikalarda kiyimlarga oxirgi ishlov berish sexlarida maxsus 
mashinalar yordamida tugmalar qadaladi, petlya, ilgak tikiladi, 
to’rlanadi va presslanadi.
4.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida mahsulotning sifatiga yuqori 
talablar qo’yilmoqda. Sifat belgisiga kiyimning yaratilishi va kiyishga 
chidamliligi kiradi. Sifatni aniqlashda kiyim qanday materialdan 
tayyorlangani, kiyimning konstruksiyasi, ish chilaming malakasi va 
nazorat hisobga olinadi. Har bir ko’rsatkich standartdagi birliklar bilan 
izohlanishi kerak.
5.
Standart bo’yicha kiyim laming sifati nav (sort) lar bilan belgilanadi. 
Navlar ustki kiyimga, yengil va ichki kiyimlarga qo’yiladi. Modelga 
o’zgartishlar kiritish savdo tashkilotlari bilan kelishilgan holda amalga 
oshiriladi. Nazorat xil bo’ladi. Tayyor kiyimlar uchun va yarim 
fabrikatlar uchun. Tayyor kiyimlar nazoratchisi kiyimlar sortlarga 
ajratadi yoki brakka chiqaradi. Yarim fabrikat nazoratchisi esa xom 
ashyoning navini pasaytiradi.
Kiyimni bezashda xilma-xil buklamalar, bo’rtirma choklar, etak burmalar
oddiy burmalar, fumitura va hokazolardan foydalaniladi. Qo’sh etaklarning 
burmalari maxsus mashinada bajariladi. Qoplama cho’ntak, xlyastik, belbog’, 
cho’ntak qopqoqlari ham bezak hisoblanadi. Kiyimlar har xil tikma gullar, 
mo’yna, petlyalar bilan ham bezatiladi. Ba’zan tayyor bezaklarni kiyimlarga 
biriktirib qo’ya qolinadi. Bunday ishlar tikuvchilik korxonalarida 
mexanizasiyalashgan usulda bajariladi. Parallel choklar, applikasiyalar, turli 
gullarni pressda yelimlab yopishtiriladi. Har xil rangli shnurlardan mo’ljallangan 
gul shakliga moslab ikki ipli zanjirsimon bahya qatorlar yuritish yo’li bilan ham 
gazlamani bezash mumkin. Applikasiyalarni bostirib tikishda – siniq bahya 
qatorli oddiy 26-klass mashinalari ko’p ishlatiladi. Siniq bahya yuritadigan 75-
klass PMZ mashinasida iplari moki yordamida chat ishtiriladigan juda murakkab 
bahya qatorlar hosil qilish mumkin. Gazlama chetiga ishlov beradigan 42-klass 
mashina siikki gorizontal yo’nalishda harakatlanadi. Ignaning bir harakat siklida 
oltita bahya hosil bo’ladi .Gazlamaning bir surilishi siklida esa 24 bahya hosil 
bo’ladi. Nozik kashta hosil qiladigan 43-klass PMZ mashinasi ayollar ich 


kiyimiga, ko’ylaklarga, dasturxonlarga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi 
bezaklarni tushirishga mo’ljallangan.
Amaliy ish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish. 
4 .Mustahkamlash Savollar:
1. Belboqqa qanday tartibda ishlov beriladi? 
2. Agar belbog’ bo’ylamasiga ikki qismdan iborat bo’lsa, necha sm qoldirib 
tikiladi? 
3. Belbog’ qanday tartibda dazmollanadi?
4.Yubkani etak qismi qanday qaviqda tikiladi?
5. Yubka tikishda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish kerak? 
4. Yubka qanday tartibda tikiladi? 
5. Kiyimni sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
6.Yubkani pardozlash qanday tartibda amalga oshiriladi? 
7.Dazmollash vaqtida gazlama xususiyatiga nima uchun e’tibor beriladi? 
8. Yubkaga oxirgi ishlov berish kiyinish sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Darsni yakunlash.
Baholash: 
V.
 
Uyga vazifa:
Ishni da’vom ettirish. Zardozlik ishlariga 
tayyorlanib kelish


I.F.O: Qodiraliyeva Marhabo Anvarovna
Yo’nalishi: Serviz hizmat yo’nalishi
Metodik qo’llanma nomi: Yubka tikish texnologiyasi.
Ish joyi : Farg’ona shahar 41- maktab 
Lavozimi: texnologiya fani o’qituvchisi 
Tel raqami; +998 91 660 68 65 

Yüklə 360,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin