Texnogen risk va texnik tzimlar ishonchliligi


Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari



Yüklə 154 Kb.
səhifə6/13
tarix29.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#104781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Axmedov Ravshanbek

4.Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari


HFXni boshqarish deganda ko’zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga tashkiliy ta'sir qilishni tushunamiz. HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda bir hols(xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o’tkazishdir.Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilishmaqsadga muvofiqdir.
Tizimlilikka bolgan talab shundari iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo’lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko’zda tutiladi.
Tizimli tahlil qilishhing muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi: qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlashi va aniqlik kiritishdan boshlanmog'i kerak; butun muammolarni to’laligicha qarash muhimdir; maqsadga erishishningii alternativ yo’llarini tahlil qilish muhimdir; qo’shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to’sqinlik solmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirmoqligi kerak.
Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim iyerarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bu bosh maqsaddir, umuman qism maqsadlarga bo’linadi va o’z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to’liq faoliyat sikli xosil qilinadi, ya'ni: ilmiy fikr; ilmiy izlanish ishlari; konstruktorlik ishlari; loyiha; loyihani amalga oshirish; sinash; ishlab chiqarish; tashish; foydalanish; takomillashtirish va tuzilishini o’zgartirish; saqlashga qo’yish va bartaraf qilish; yo’q qilish.
Xavfsizlik talablarini o’z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqachlarga boolish mumkin:

  1. Obyektning holatini tahlil qilish va baholash.

  2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash.

  3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlami bevosita tashkil qilish,

  4. Nazorat, ya'ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish.

  5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash.

  6. Rag'batlantirish, ya'ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta'sir shakllari.


Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin