Bosh ko‘rinish. Chizmada V frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasvir asosiy ya’ni bosh ko‘rinishsifatida olinadi. Shunda detalni bu tekislikka nisbatan shunday joylashirish kerakki, detalning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida aniqroq tasavvur qilishga imkon yaratilsin. Shuning uchun ham detalning bunday tasviri bosh ko‘rinishi ham deyiladi. Demak detal to‘g‘risida eng ko‘p ma’lumot beradigan tasvir bosh ko‘rinish hisoblanar ekan.
Detal chizmasi chizilayotganda ko‘rnishlar soni eng kam bo‘lishiga, ammo undan detal to‘g‘risida to‘liq ma’lumot
1-shakl beradigan bo‘lishiga harakat qilinadi.
Bunda standartlarda belgilangan shartli belgilar va yozuvlardan samarali foydalanish talab qilinadi.
Mahalliy ko‘rinish. Chizmada ko‘rinishlar sonini kamaytirish maqsdida detalning bir qismini alohida ko‘rsatish uchun mahalliy ko‘rinishlar tatbiq qilinadi. Mahalliy ko‘rinish ingichga to‘lqinsimon chiziq bilan chegaralanib qo‘yiladi ( 2- shakl ). Detalning chapdan ko‘rinishini to‘liq chizish o‘rniga uning kerakli qismi (2-shakldagi A va B) tasvirlanishi bilan detalning chapdan ko‘rinishini tasvirlashga hojat qolmaydi. Bunday qisman tasvirlashlar mahalliy ko‘rinishlar deyiladi.
Qo‘shimcha ko‘rinish. Detalning bir qismi asosiy ko‘rinishlardan biriga buzilib tasvirlanadigan bo‘lsa u qismini qo‘shimcha ko‘rinishda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ko‘rinish proyeksiyalar tekisliklarning birortasiga parallel bo‘lmagan tekislikka to‘g‘ri kelsa, u vaqtda ko‘rsatkich qo‘yib A ko‘rinish singari yozuv bilan ta’minlanadi (3-shakl). Ko‘ratgich (strelka) 4-shaklda beriladi.
4-shakl
2. DETALLARNING SHAKLINI CHIZMALARI OLDIDA
TAHLIL QILISH.
Detal chizmalarini o‘qishda ularni fikran geometrik jismlarga ajrata bilish o‘ta muhim hisoblanadi. Bu jarayon detal chizmasini tahlil qilish deyiladi. 5-shakl, a da suv o‘tkazgich (vodoprovod) ventilining qopqog‘i rezbasiz chizilgan. Shu detal nechta va qanday geometrik sirt yig‘indisidan tashkil topgan? Bu savolga javob berish maqsadida har bir geometrik sirtni alohida ajratib chiziladi. Detal 6ta geometrik sirtlar yig‘indisidan hosil bo‘lgan (aslida bundan ham ko‘p, lekin bu chizmada soddalshtirib olingan) bo‘lib, faqat 3 hil geometrik jism turi ko‘rsatilgan. Detaldagi hamma jismlar ko‘zga aniq ko‘rinmoqda, lekin yana ham aniq va yaqqolroq bo‘lishini nazarda tutib, ularni bitta o‘qda bir-biridan ajratib chizilgan (5-shakl, b).
shakl
Har bir detal shakli uning bajaradigan ishiga qarab aniqlanadi. Masalan, g‘ildirak aylanma harakat qilganligi uchun u aylana, har qanday suyuqlik yoki gaz kabilar aylanali teshikdan yaxshi o‘tishligi uchun ham quvur (truba)lar silindrik
qilib ishlanadi. Kitobni o‘qish va yozish oson bo‘lishi uchun uni to‘rtburchak shaklida nashr etiladi va h.k. Endi, texnik detallar shakli va uning bo‘laklari nima uchun kerakligi haqida qisqacha fikr yuritaylik. 6-shaklda tasvirlangan detal silindrning ikki yon tomonida uchburchak shaklida joylashgan devorlari lor. Bu devorlar silindrni parallelepiped ustida mustahkam birikib turishi uchun xizmat qiladi. Detallarda bunday devorlar “Mustaxkamlash quvurg‘asi” yoki qisqacha “Qovurg‘a” deyiladi. Ushbu detaldagi qovurg‘alar aylanma harakat qiluvchi silindrik teshik devorlarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Detal asosi parallelepiped burchaklari ham yumaloqlangan. Detallarni yengillashtirish va chiroylik bo‘lishini ta’minlash maqsadida burchaklari yumaloqlangan.
Detallardagi oltiburchakli prizmalar ularni burab kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi va h.k. Chizmalarni o‘qish. Tayyor chizmaga qarab, huddi ta’rifi yozilgandek, detal haqida batafsil ma’lumot olishga harakat qilinadi. Detalning chizmasini sinchiklab ko‘rgan sari u haqida yana ham to‘laroq tasavvur hosil qilinadi. Chizmani o‘qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o‘rganishga yordam beradi. Fazoviy tasavvurni yaxshi o‘stirishga va chizmalardagi barcha shartliklarni to‘laroq o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi va o‘quvchi tomonidan chizmani tez o‘qiy olish qobiliyatini o‘stiradi. Umuman chizmalarni o‘qish – chizmada tasvirlangan detalning shaklini to‘la tasavvur qilishga va uning konstruktiv xususiyatlarini aniqlashga, chizmaga qo‘yilgan hamma o‘lchamlarni o‘qishga, ular detalning qaysi qismiga oidligini aniqlashga o‘rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o‘qish natijasida detalning nomi, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi. Chizmani o‘qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko‘proq chizmalarni tahlil qilishga o‘rganishdir.
shakl
Ko‘pincha detallar ikkita ko‘rinishda chiziladi. Bunday chizmalarni o‘qish uchun chizmada tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi ko‘rinishini yasash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga asoslanib uchinchi ko‘rinishini aniqlash. 7-shaklda detalning bosh va ustdan ko‘rinishlari berilgan. Uning chapdan ko‘rinishini aniqlash joyiz bo‘lsa, darhol detal qanday geometrik jismlardan tuzilganligi tahlil qilinadi. Detal asosi to‘g‘ri to‘rtburchakli prizma, uning ustida silindr, kesik konus bilan yakunlangan, markaziy o‘q bo‘yicha silindrik teshik qo‘yilgan. Umumiy tayyorgarlikdan keyin detalning uchinchi ya’ni chapdan ko‘rinishini aniqlashga o‘tiladi. 7-shaklda bu jarayon bosqichlarda to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lib, har qaysi bosqich yo‘g‘on
chiziqlarda chizilgan. Birinchi bosqich. Detallarning ostki asosiy A o‘lchamda chiziladi (7-shakl,
a). Ikkinchi bosqich. Bo‘lchamdagi silindr chiziladi (7-shakl, b). Uchinchi bosqich. Bo‘lchamdagi silindr ustiga uchi C o‘lchamli kesik konus va silindrik teshik chiziladi (7-shakl, c).
shakl
Agar detalning oldin yaqqol tasvirini chizib olganimizda, uning uchinchi ko‘rinishini aniqlab chizish yana ham osonlashar edi. 8-shakl, a da ko‘rinishlari berilgan detalning yaqqol tasvirini chizish (8-shakl, b) orqali uning 3-ko‘rinishi Ayo‘nalish bo‘yicha bemalol chizish mumkin (8-shakl, c).
shakl
Detalning ikkita ko‘rinishi berilgan bo‘lsa (9-shakl), uning uchinchi ko‘rinishini grafik usulida ham aniqlash mumkin. Buning uchun 9-shakl, a da ko‘rsatilganidek yordamchi doimiy chiziq 45 0 burchakda o‘tkaziladi. Detalning chapdan ko‘rinishi bosh ko‘rinish bilan bitta gorizontal chiziqda yotganligi uchun bosh ko‘rinish asosiy va ustki tekisliklaridan yordamchi chiziqlar chiziladi.
Detalning ustdan ko‘rinishi orqali yordamchi chiziqlar o‘tkazilib, 450 da burchakdagi doimiy chiziq bilan kesishtiriladi va vertikal chiziqlar chizib, bosh ko‘rinishdan chizilgan gorizontal yordamchi chiziqlar bilan kesishtiriladi. Natijada detalning chapdan ko‘rinishi konturi hosil bo‘ladi. Detalning qirqilgan joyidan chizilgan yordamchi chiziq orqali uning uchinchi ko‘rinishi aniqlanadi. Detalning o‘rtasidan o‘tgan silindrik teshik uning chapdan ko‘rinishida markaziy o‘qi orqali shtrix chiziqda chizib qo‘yiladi. (9-shakl, a, b, c).
shakl 3.Vint chiziqlar
Nuqta biror to‘g‘ri chiziq atrofida (R masofada) tekis aylanishi bilan bir vaqtda unga nisbatan parallel yo‘nalishda tekis ilgarilanma harakat qilsa, vintsimon harakat qilgan bo‘lib, vint chizig‘i chizadi. Nuqtaning bu vaqtda bosib o‘tgan yo‘li, ya’ni trayektoriyasi vint chiziqdeyiladi.
Nuqta aylanish sirtlaridan birining sirtida harakat qilsa, sirt turiga qarab silindrik(1-shakl), konussimon(2-shakl) vint chiziqlari deyiladi.
1-shakl
2-shakl
Silindrik vint chiziq.Texnikada eng ko‘p qo‘llanadigan chiziq. Silindrik sterjenga o‘z o‘qi atrofida bir xil aylanma harakat bo‘lsa va shu sterjenning A0 nuqtasiga qo‘yilib, unga ham silindr o‘qi bo‘yicha ilgarilanma harakat berilsa, keskich sterjen sirtidan A-An vint chiziq kesadi (3-shakl). Sterjenning o‘z o‘qi atrofida to‘la bir marta aylanib chiqishida keskich hmasofaga siljiydi. Bu h masofa vint chiziqning qadamiyoki yo‘lideyiladi. Vint chiziqning o‘zi esa vint o‘rami
deyiladi. Vint chiziqlar sirtdagi nuqtaning harakati yo‘nalishiga qarab o‘ng yo‘lli (o‘naqay) va chap yo‘lli (chapaqay) bo‘ladi. Vint chiziqning yo‘lini aniqlash chiziq hosil qilingan sirt o‘qining joylashishiga va unga nisbatan qarashga bog‘liq. Sirt o‘qi gorizontal bo‘lib, nuqta o‘ngdan chapga yo‘naltirilsa va sirt o‘z o‘qi atrofida soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylansa, o‘ng yo‘lliyoki vertikal joylashtirilgan sirt o‘qi atrofida nuqta soat ko‘rsatkichi harakati yo‘nalishiga teskari ko‘tarilsa, o‘ng yo‘lli vint chiziq deyiladi. Vertikal joylashtirilgan sirt o‘qi atrofida nuqta soat mili harakati yo‘nalishi bo‘yicha ko‘tarilsa, chap yo‘lli vint chiziqdeyiladi. 1-shaklda silindrik vint chiziqning yasalishi ko‘rsatilgan. Bu yerda silindr diametri d va qadam h o‘zaro teng 8 bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, vint chiziqning o‘ramini yasash chizmada yaqqol ko‘rsatilgan.
Vint chiziqning yoyilmasi to‘g‘ri burchakning gipotenuzasi hisoblanadi. To‘g‘ri burchakning gorizontal kateti silindr aylanasining uzunligi (S˜d)ga, vertikal kateti vint chiziq qadamining balandligi hga teng.
Konus vint chiziq(2-shaklga qarang). Nuqta to‘g‘ri doiraviy konus o‘qi atrofida bir xil burchak tezligida aylanadigan yasovchi bo‘yicha tekis ilgarilanma harakat qiladi. Shunda S0 nuqtaning bosib o‘tgan yo‘li konus sirtida vint chiziq hosil qiladi. Bu yerda konus asosi d va balandligi h o‘zaro teng 8 ga bo‘lingan bo‘lib, S0 nuqta konus yasovchilari bo‘yicha harakat qilib, S8 vaziyatga ko‘tariladi.
3-shakl
Konus sirti yoyilmasida uning vint chizig‘i yoyilmasi ham qo‘shib tasvirlangan.
Bu yoyilma aylana sektoridan iborat bo‘lib, u burchak bilan chegaralanadi. Vint sirtlar. Biror (to‘g‘ri yoki egri) chiziqning berilgan o‘q atrofida vint chizig‘i bo‘yicha harakati natijasida hosil bo‘lgan sirt vint sirti hisoblanadi.
Yasovchisi to‘g‘ri chiziq bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sirt muntazam vint sirt yoki gelikoiddeb ataladi. Yasovchi (to‘g‘ri chiziq kesmasi) sirt o‘qiga perpendikular joylashgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan vint sirti to‘g‘ri gelikoid, perpendikulyar bo‘lmasa qiyshiq gelikoid, shuningdek, yasovchi sirt o‘qi bilan kesishsa yopiq gelikoid, kesishmasa hosil bo‘lgan vint sirti ochiq gelikoiddeb ataladi.
To‘g‘ri yopiq gelikoid vint konoidi, qiyshiq yopiq gelikoid Arximed gelikoidi deb ham yuritiladi. Texnikada bunday sirtlardan turli stanoklarning yurgizish vintlarini, domkrat, press va shunga o‘xshashlarning vintlarini yasashda foydalaniladi. Gelikoidlar silindrik prujina, ressor, parmalarning vint o‘yiqlari kabilarni yasashda tatbiq qilinadi
Dostları ilə paylaş: |