Texnika Xavfsizligi


Hokimiyatning kambag’allikni qisqartirish bo‘limi



Yüklə 68,43 Kb.
səhifə7/8
tarix06.10.2023
ölçüsü68,43 Kb.
#152632
1   2   3   4   5   6   7   8
Amaliyot hisoboti

Hokimiyatning kambag’allikni qisqartirish bo‘limi
Men amaliyotni hokimiyatning kambag’allikni qisqartirish bo‘limida o‘tadim u yerda Amudaryo tumani hokimining moliya, iqtisodiyat va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Sаlаеv Rаshid Bахrаmоvich bilan tanishdim va bo‘lim vazifalarini ko‘rib chiqdim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga qilgan Murojaatnomasida O‘zbekistonda kambag‘allik va unga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi. Unda so‘nggi uch yil ichida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Ma’ruzada aholi farovonligini oshirish, uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarida aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjudligi xususida to‘xtalib, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, kam ta’minlangan aholi qatlamlari taxminan 12-15 foizni tashkil etayotganligini uqtirib o‘tgan edi. Ba’zilar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu albatta, bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi. Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir. Shuning uchun Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif etdi . Bu borada xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligiga e’tiborni qaratgan edi. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, taraqqiyotga erisha olmaydi. Kambag‘allikni qisqartirish masalasi ham milliy ma’naviy qadriyatlarimizda alohida o‘rin egallaganini ko‘rish mumkin. Inson o‘zining kundalik amaliy faoliyatida o‘ziga to‘q, iymonli bo‘lishi uchun, ya’ni iymonini mustahkamlashi uchun Sharqning buyuk shoirlaridan biri – So‘fi Olloyor aytganidek, bilimli, ilmli kishilar suhbatida tez-tez bo‘lib turmog‘i darkor. Boshqacha aytganimizda, iymonli bo‘lishning dastlabki shartlaridan biri – ziyoli, bilimli, ilmli kishilar suhbatida bo‘lishdir. Bunday suhbatlarda bo‘lgan inson o‘zo‘zidan munofiq, johil kimsalar davrasidan o‘zini olib qocha boshlaydi. Ulamolar, yaxshi kishilar suhbatida bo‘lgan kishi asta-sekin savob ishlar qilishni o‘ziga odat qila boshlaydi. Jumladan, tashnaga suv beradi, bemordan hol so‘raydi, kambag‘al bechoraga shafqat ko‘rsatadi, ota-onaning hurmatini o‘rniga qo‘ya boshlaydi va xokazo. Iymonli kishi barcha yaxshiliklarga amal qilishni o‘ziga odat qiladi. Buzurgmehrdan „qaysi podshoh ulug‘roqdir?“ deb so‘radilar. U esa, „Begunoh odamlarni omonda saqlaydigan va gunohkorlarni qo‘rquvda tutadigan, barq uruvchi tig‘ining xandasi sitamkorlar yig‘isi yondosh bo‘lgan va fayz yetkazuvchi lutfining nasimi kambag‘allarga in’om yomg‘iri bilan hamnafas bo‘lgan podshoh ulug‘dir“ deya javob qaytardi. Ma’lumki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiyada o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o‘zi amal qilgan o‘n bir sifatni sanab o‘tib, birinchi-uchinchi sifatlar aynan bag‘rikenglik, saxovat, kambag‘allarga yordam qo‘lini cho‘zish sifatlaridir. Jumladan, Birinchi sifat: «Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg‘arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim». Ikkinchi sifat: «Men har doim Islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug‘langan shaxslarga hurmat bilan qaradim». Uchinchi sifat: «Men kambag‘allarga ko‘p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim». Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur davrigacha ham, undan keyin ham faqat boylik ortidan quvgan odamlar bo‘lgan. Sohibqiron tushunchasiga ko‘ra, kimki biror ishni faqat boylik orttirish maqsadida amalga oshirsa, u baxtsiz insondir. Mabodo podshoh biror gunohkorning aybini kechirsa, bu bilan fuqarosiga rahm qilgan bo‘ladi. U kambag‘alning oldidan biror yordam bermay o‘tmagan. «Men bir qo‘limda adolat shamini va ikkinchi qo‘limda beg‘arazlik shamini tutib, ham ikki sham bilan butun umr bo‘yi o‘z yo‘limni yoritib yurdim. Barcha qilmishlarimda ana shunday adolat qoidalariga rioya qildim». XX asr boshlaridagi dorixonaning holati va faoliyati haqida N.G.Mallisskiyning tahliliy ma’ruzasida shunday deyiladi: «1908 yilda dorixona uchun 51939 rubl sarflandi va olingan foyda 44106 rublni tashkil etdi. Bepul dori-darmonlar shahar davolash muassasalariga, dezenfeksiya uchun, polisiya amaldorlariga, maktab o‘quvchilariga, kambag‘allarga tarqatilgan shu bilan birga turli xil xayriya tashkilotlariga mulki bo‘lmagan kishilarga 32757 rubllik, ya’ni dorining tayyorlash uchun ketadigan xarajatigacha chegirma tariqasida berilgan». Bunday misollarni ko‘p davom ettirish mumkin. Yuqoridagi faktlardan xulosa shuki, milliy ma’naviy qadriyatlarimizda kambag‘allarga yordam berish, ular hayotini farovon qilish, ularda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, boqimandalikni yo‘qotish kabi xislatlar asosiy o‘rin egallagan. Yangi O‘zbekiston sharoitida mamlakatimizdagi kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha 700 million dollarlik dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan choratadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida «...biz shu paytgacha aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambag‘al ekanini ko‘rib-ko‘rmaslikka, eshitibeshitmaganlikka oldik. Bu noto‘g‘ri. Afsuski, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqimizning 4-5 foizi kambag‘al ekani aniqlandi. Endi yashirish kerak emas, og‘ir sharoitlarda yashayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tushunishimiz, barcha toifadagi rahbarlar dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz lozim bo‘ladi” deb ta’kidlab o‘tdi. Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Prezident Sh.Mirziyoev alohida ta’kidlab o‘tganidek, «Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo‘nalishda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik. Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak. Kambag‘allikni qisqartirish uchun, birinchi navbatda, ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa, ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg‘otish zarur». 2020 yil 26 mart kuni «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora- tadbirlari to‘g‘risida» PF– 5975-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu farmon liberalizatsiya va bozor sharoitida iqtisodiyotni maqsadli boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratish zaruriyati tug‘ilganligi sababli qabul qilindi.

Xulosa
Men amaliyotni hokimiyatning kambag’allikni qisqartirish bo‘limida o‘tadim u yerda Amudaryo tumani hokimining moliya, iqtisodiyat va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Sаlаеv Rаshid Bахrаmоvich bilan tanishdim va u yerda 2 hafta oralig‘ida amaliyot o‘tadim ya‘ni 5-iyun kunidan 17-iyun kuniga qadar amaliyot o‘tadim. Bu 2 hafta oralig‘ida men kambag’allikni qisqartirish bo‘limida aholiga yordam berish ishlari qanday darajada ekanligini bilib oldim. U yerda har bir aholiga kambag‘allikdan chiqish uchun o‘z biznesi yoki tadbirkorligini yurgizishlari uchun foizsiz kreditlar ajratilib ularning har biriga rivojlanib ketishi uchun ko‘mak berilyotganligiga guvoh bo‘ldim. Bundan tashqari hokimining moliya, iqtisodiyat va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘limida aholining ma‘lum bir qatlamiga ya‘ni turar joyi yo‘q bo‘lganlar uchun ipoeka kreditlarini ajratish va ularni qo‘llab quvatlashlarini, bundan tashqari esa turar joylari yoki yashaydigan xonadonlari avariya holatiga kelib qolgan aholi uchun ham rekonstruksiya ishlari uchun uzoq muddali ipoteka kreditlari ajratilar ekan. Men amaliyot o‘tash vaqtida barchasiga guvoh bo‘ldim. U yerda yashaydigan aholining quvonchi va ularning minnatdorchiligiga guvoh bo‘ldim. U yerdagi ishchilar ham menga ko‘plab narsalarni o‘rgatishdi va o‘z vaqtlarini ayamasdan menga yordam ham berishdi. U yerdagi ishchilar bir oila sifatida ishlashlariga guvoh bo‘ldim.
Men bu o’quv amaliyoti jarayonida o’z yo’nalishim yuzasidan ancha ma’lumotlarga ega bo’ldim va bu ma’lumotlar menga o’quv jarayonida kerak bo’ladi deb o’ylayman.


Yüklə 68,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin