Texnika Xavfsizligi


III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi



Yüklə 68,43 Kb.
səhifə5/8
tarix06.10.2023
ölçüsü68,43 Kb.
#152632
1   2   3   4   5   6   7   8
Amaliyot hisoboti

III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi
Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash xamda olish;
Zarurat bo’lganda, hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;
Hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari shuningdek qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
Hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari tuman Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o’rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o’rganish.
Boshqaruv apparati:
O‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va viloyat hokimligining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o’z vaqtida tayyorlanishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligi, xalq deputatlari tuman Kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o’tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat hokimligining qaror, farmoyish va topshiriqlarining, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining hududiy boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o’rganilishi uchun javob beradi.

Yüklə 68,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin