Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish tadbirlari sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavf manbalari


Konveyer transportini ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 102,91 Kb.
səhifə6/6
tarix06.06.2023
ölçüsü102,91 Kb.
#125909
1   2   3   4   5   6
TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI

5.8. Konveyer transportini ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalari.


1.Umumiy ma’lumotlar
1.1. Karyer transport turi, hamda transport vositalari, uskuna va moslamalari ma’lum bir loyiha orqali aniqlanadi.
1.2. Konveyer liniyalari va boshqa transport kommunikatsiyalari sistematik tarzda ko’rikdan o’tilishi zarur, bundan tashqari loyiha asosiga ko’ra davriy instrument tekshiruvi olib boriladi. Ko’riklar ketma-ketligi va instrumental ko’riklar muassasaning bosh muhandisi tomonidan o’rnatiladi.
1.3. Har bir karyer kon ishlariga kiritilgan transport kommunikatsiyalari , muddati va to’ldirilish ketma-ketligi kiritilgan karyer bosh muhandisi tominidan tasdiqlangan chizmaga ega bo’lishi zarur.
2. Konveyer transporti ekspluatatsiyasidagi xavfsizlik qoidalari
2.1. Lentali konveyerlarni loyihalashda, qurishda va ekspluatatsiya vaqtida haqiqiy qoidalarga asoslanishi, hamda ularni yer osti qazilmalariga joylashtirishda qonuniyatlarga asoslanish zarur.
2.2. Lentali konveyerlar quyidagilar bilan yarog’lanishi zarur:
а) konveyernig to’la uzunligi bo’ylab odamlar o’tadigan tomonida avariyaviy to’xtatish moslamalari bilan;
b) barcha uzunligi bo’ylab eshitiladigan ishga tushirilayotganligini bildiruvchi signalizatsiyasi;
v) avariyali himoya ishlaganda masofali ishga tushirishdan blokirovkali himoyaviy vositalalar bilan.
g) lenta to’xtab qolganda konveyer privodini o’chiradigan moslama bilan;
d) lenta yon tomonga og’anashidan saqlovchi qurilmalar, hamda lenta enidan 10 % dan yuqori bo’lgan tomonga qochishida konveyer yuritmasini o`chiradigan datchiklar bilan;
е) 10 gradusdan yuqori bo’lgan qiyaliklarda lentani o’z o’zidan harakatiga yo’l qo’ymaydigan moslamalar bilan;
j) pult boshqaruvidan konveyerni ishga tushirishdan to’xtatadigan alohida blokirovkali himoya bilan;
z) konveyerlarni tashqi muhitda joylashtirilganda oraliq masofasi 500 m dan kam bo’lmagan o’tish ko’priklari bilan;
i) odamlar o’tish joyida tashiluvchi materiallar qulashidan himoyalovchi qurilmalar bilan;
k) punkt boshqarmalararo va konveyerning yuritma stansiyalararo, ikki tomonlama telefon orqali, baland ovozda so’zlashiladigan aloqa yoki radio aloqalari bilan;
l) hech bo’lmaganda bir tomonlama konveyerning oxirigacha bo’lgan odamlar harakatlanadigan o`tishlar bilan;
Konveyerni ishga tushirilayotganda unga xizmat ko’rsatayotgan personallarning to’liq xavfsizligiga ishonch xosil qilingan bo’linishi kerak. Shovqini kuzatilgan joylarda ovozli signallardan bo’lak, qaytaruvchi chiroqli signallar bo’lishini ko’rib chiqish zarur.
Konveyerni ishga tushirayotganda aloqa vositalari mavjud bo’lgan shaxslar dispetcher ko’nikmalari asosida konveyer ishga tushirilayotganligi haqida xabardor qilinishlari zarur.
Konveyerni to’xtab qolish sababi ko’rib chiqilmaguncha uni ishga tushirish ta’qiqlanadi.
2.3. Kunning qorong’i vaqtida odamlar ishlab turgan joylarga va o’tishlari kerak joylarda yorug’lik vositalari bo’lishi zarur. Konveyerning qorong’ilashib qolgan qismlarida kunning yo’rug’ida ham yorutuvchi vositlar bo’lishi zarur.
2.4. O’tish ko’priklari balandligi 1 m dan kam bo’lmagan, bort past qimida chiziqligi 0,15 m va eni 0,8 m bo’lgan riflenli metal bilan qoplangan ushlagichlar bilan chegaralangan bo’lishilari zarur. Konveyerlarni galereyalarda v qiyali stvollarda joylashtirilganda nastildan chiqib turadigan qurilish konstruksiyalarigacha masofa 2 m dan kam bo’lmasligi zarur.
2.5. Konveyerli galereyalarda va qiyali stvollarda konveyer va devor orasidagi o’tishlar orasi 0.7m, hamda ikki konveyerlar orasi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Konveyer bilan devor orasidagi odamlar harakatlanmaydigan uchastkalar tirqishlar 0.4 m dan kam bo’lmasligi kerak, vertikal masofada konveyerning eng yuqori qismi va qurilish tuzilmalari orasidagi masofa 0.6 dan kam bo’lmasligi zarur.
2.6. Lentali konveyerlarning harakatlantiruvchi, tarangluvchi, qiyalik va oxirgi stansiylari, konveyer ishlab turganida tushuvchi materiallarni qo’lda tozalashdan saqlovchi chegaralar bilan chegaralangan bo’lishi kerak. Olib tashlovchi chegaralar konveyerning yuritma dvigateli bilan shunday bloklangan bo’lishi kerakki, ular olib tashlanganida yuritmaning harakatini oldini olishlari zarur. Boshqaruv pultlarida chegaralarni olib tashlanganini bildiruvchi chiroqli ko’rsatmalar bo’lishi zarur.
2.7. Konveyerlarning sozligini har smena texnik muhandis ishchi tomonidan tekshirilib turilishi, lenta va barabanlarni yopishqoq materiallardan tozalovchi mexanik vositalar bilan yaroqlanishi zarur.
Shtoblangan konveyerlarda ushlash ta’qiqlanadi.
2.8. Konveyerlar o’tish joylaridan yuqorida joylashtirilgan bo’lsa, tushuvchi materiallardan saqlovchi obshivkalar bilan chegaralangan bo’lishi zarur.
2.9. Lentali konveyerlar 6 gardusdan yuqori bo’lgan qiyalikda joylshtirilgan bo’lsa dvigatel o’chib qolganida avtomatik ishlovchi tormozli moslama, hamda 10 gradusdan yuqori bo’lganda bundan tashqari lenta uzilganda yoki uni uzilgan vaqtda o’z-o’zidan harakatlanishini ushlab qoluvchi moslama bo’lishi zarur.
2.10. Konveyerga ortishda bo’laklar tushib ketishi kuzatiladigan joylarda saqlovchi bortlar o’rnatilishi zarur.
2.11. Taranglovchi moslamalarning yuklari shunday joylashtirilshi zarurki, yuk qulaganda odamlarga yoki qurilmalarga zarar yetmasligi kerak.
2.12. Elektr energiyasi uzatilishi va taqsimlanishi quyidagicha amalga oshilirilishi kerak:
a) turg’un prokladkali bronlangan kabellar orqali;
b) ko’chiriluvchi qurilmalar va mexanizmlarni ta’minlaganda egiluvchan kabellar orqali;
v) blokirovka, boshqaruv va signalizatsiya tizimlari uchun mexanik ta’sirdan himoyalangan bronlanmagan nazorat kabellar yoki bronlangan kabellar bi
2.13. Kabellarni konveyer konstruksiyalari, binosi va boshqa yer usti moslamalariga joylashtirish ta’qiqlanadi, ochiq havoda joylashtirilganlarni esa 35 kV gacha ruxsat beriladi, shunda ham mexanik ta’sirdan saqlangan bo’lishi zarur.
2.14. Egiluvchan kabellar juda mustahkam qotilrilmasliklari, hamda ularga mexanik ta’sir bo’lmaydigan darajada qilib osib qo’yilishi zarur.
Kuchlanish ostida bo’lgan kabellarni, ko’chiruvchi mashinada bo’lgan moslamalar bilan ko’chirish ta’qiqlanadi, faqatgina uchastka uzunligi 15 m gacha bo’lsa ruxsat etiladi.
Kuchlanishda bo’lgan kabellarni dielektrik qo’lqoplar yoki izolyatsiyalangan moslamalar orqali qo’lda tashish ruxsat etiladi.
2.15. Konveyer galereyalarining qurilish konstruksiyalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo’lishi zarur.
2.16. Konveyerarning yuritma stansiyalari olov o’chirish uskunalari bilan yaroqlanishi kerak, konveyerning oxirigacha diametri 51 mm bo’lgan har bir 40 m da kranli diametri 100 mm dan kam bo’lmagan truba, rukava stvollar bilan plomba qilingan shkaflar bo’lishi zarur. Rukavlar quruq, yaxshi ishlov berilgan va kran va stvollarga ulangan bo’lishi zarur.
2.17. Konveyerlarni ekspluatatsiya vaqtida quyidagilar ta’qiqilanadi:
а) odamlarni tashish uchun moslamasi bo’lmagan konveyerlarda odam tashish.
b) konveyerlar bilan uskunalarni ko’chirish;
v) harakatlantiruvchi barabanga buksovkani oldini olish maqsadida biror bir materiallarni sepish;
g) harakatlanayotgan lentani qo’l bilan yo’naltirish;
d) ishlash vaqtida koveyer ostida qo’lda tozalash ishlarini olib borish.
2.18. Tuzatuv ishlari, qo’lda moylash, konveyerlarni tozalash va odamlarni bunkerga tushirish, haqiqiy qoidalarning 30-punktida ko’rsatilgan dopusk tasdiqlanganda va konveyerning to’xtagan xolatida ruxsat beriladi.
Odamlarni bunkerga tushirishdan oldin gazsimon modda ajratib chiqadigan kon massasidan havo tashxisini amalga oshirish zarur.
Tuzatuv ishlari olib borilayotganda konveyerni to’xtatish uchun sug’uriluvchi chegara moslamalari blokirovkasini ishlatish ta’qiqlanadi.
2.19. Konveyerning lentasi ostida mexanik tozalov ishlari olib borilganda metal tuzilmasiga, roliklari, asosi va kabellariga zarar yetmasligi, gidravlik tozalashda konveyerning asoslari va boshqa moslamalariga zarar yetmasligi kerak. Har bir etapdagi shlam yig’gichning joylashishi loyiha orqali aniqlanadi.
2.20. Qo’lda rudaga ajratish vaqtidagi konveyer tezligi 0.5 m/s dan osmasligi zarur. Poroda ajratish joyida lenta chegaralangan bo’lishi kerak.
2.21. Konveyerlarni yer ostiga olib tushishda karyerning texnik boshqaruvchisi tomonidan tuzilgan, avariyalar vaqtida ularni oldini olish haqidagi rejani bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan hujjati bo’lishi kerak.
2.22.Avariyalar oldini olish rejasi muhandis-texnik ishchilarga yarim yillikning boshlanishidan oldin bosh muhandis tomonidan tanishtirilishi, ishchilarni tanishtirish esa uchastka boshliqlari tomonidan amalga oshirilishi zarur.
2.23. Avariyalar oldini olish rejasi bilan tanishib chiqmagan shaxslarni va ular ishlaydigan joyga tegishli bo’lgan punktni bilmaganlarni ishga ruxsat berish ta’qiqlanadi.
2.24. Yer ostida xizmat ko’rsatuvchi personallarni avariya vaqtida xabardor etish uchun, telefon aloqasidan tashqari maxsus signallashtirilgan uskunalar bo’lishi shart.
Yüklə 102,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin