Texnik va donli ekinlarni o’G’itlash reja


G’o’zadan rejalashtirilgan hosil olish uchun K



Yüklə 57,57 Kb.
səhifə5/9
tarix29.06.2022
ölçüsü57,57 Kb.
#62505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu

G’o’zadan rejalashtirilgan hosil olish uchun K2O miqdori qo’yidagicha:

Hosildorlik, s/ga


K2O, kg/ga

20-25

50-80

25-30

60-100

30-35

70-120

Tuproq xaritanomasi bo’yicha rejalashtirilgan hosil olish uchun tavsiya etilgan K2O miqdori esa qo’yidagicha:







25-30 s

30-35 s/ga

Juda kam

100 mg/kg

100

120

Kam

100-200

80

100

O’rtacha

200-300

60

80

Yuqori

300-400

40

60

Juda yuqori

400 dan ko’p

-

-

Kaliyo’simlikdauglevodlarhosilbo’lishidaishtiroketib, g’o’zanisovuqqavaqurg’oqchilikkachidamliginioshiradi. Uo’simlikniyergayotibqolishinikamaytirib, poyanimustahkamlaydi, harxilkasalliklargachidamliginioshiradi.
Kaliylio’g’itlarniyillikmiqdorini 50% nishudgorlashdanoldin, qolgan 50% nig’o’zanishonalashdavridaqo’llash, g’o’zatuplariniyotibqolishinikamaytiradi.
Tuproqda K2O yetishmay qolganda chigit yetilmay qoladi, undagi yog’ miqdori kamayib tolani texnologik xususiyati buziladi va hosildorlik kamayadi.
Paxtachilikda o’g’it me’yorlari, qo’llash dozisi va muddati o’g’it zahirasiga yoki xo’jalik iqtisodiga bog’liq bo’ladi. Jamg’arilgan o’g’it qanchalik ko’p bo’lsa, qo’llsha dozasi miqdori va soni oshadi yoki aksincha. Shunga mos ravishda qo’shimcha hosil salmog’i ham o’zgaradi.
Kaliyli o’g’itlarni g’o’zadagi samaradorligi almashlab ekish dalasida uch yillik bedadan keyin ekilganda, yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki, yaxshi o’t qoplamasi tuproqdagi harakatchan K2O miqdorini keskin kamaytiradi. Uch yil beda ekilgan tuproqdan beda gektaridan 710 dan 980 kg gacha k2o o’zlashtirib ketadi.
Paxtachilikda qo’llaniladigan K2O o’g’itlarning samaradorligi tuproqdagi almashinadigan k miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, tuproqdagi k viloyat miqyosida emas, balki tuman va hatto brigada doirasidagi ayrim dalalarda ham keskin o’zgarib turadi. Shuning uchun ham, g’o’zaga beriladigan kaliyli o’g’itlarni tuproqda bo’lgan K2O miqdoriga qarab rasional normada ishlatish paxta hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Donliekinlarnio’g’itlash
Donli ekinlarni xususiyati, ularni oziqlanish asoslari, turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo’lgan talabi va ularni o’zlashtirishi, o’g’itlashning o’ziga xos tomonlari. Tuproq unumdorligiga bo’lgan talabi, oziqlanishda tuproq eritmasining muhiti, tuproqdan oziq elementlarini o’zlashtirib ketishi. Donli ekinlarni qishlashgacha va qishdan chiqqandan keyingi davrlarda oziqlanish asoslari, bunda o’tmishdosh ekin va tuproq unumdorligini ahamiyati.
Donli ekinlarni bahorda oziqlantirish asoslari: qo’llaniladigan o’g’itme’yori, turi, shakllari va qo’llash usullari. O’g’itlar me’yorini belgilashda kuzgi ekinlardan olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari. Sug’oriladigan sharoitda qo’llaniladigan o’g’itlar me’yori, uni nav xususiyati bilan bog’liqligi. Ildizdan tashqari oziqlantirish va uning mohiyati, o’g’itlarni qo’llashning iqtisodiy samaradorligi: hisobga olinadigan ko’rsatkichlar.
Donli ekinlar – ulardan don olish uchun yetishtirilib, insonlar uchun zarur bo’lgan non mahsulotlari tayyorlanadi. Uning somoni va boshqa qoldiqlari chorva mollari uchun yem-xashak hisoblanadi.
Respublikamizda 1,23 mln gektar maydongan g’alla don ekinlari ekilib dexqonchilik qilinadi. Hosildorlik sug’oriladigan sharoitlarda 44-65 s/ga, Toshkent ,Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 700 ming gektarga yaqin lalmi haydaladigan maydon bo’lib, o’rtacha hosildorligi 8-23 s/ga ni tashkil etadi.
Donli ekinlarni tarkibini asosini azotsiz birikmalar, ya’ni 2/3 qismi kraxmal va kam miqdorda eriydigan qand moddalari tashkil etadi. Azotli birikmalardan don ekinlari uchun eng muhimi bu oqsildir. Janubiy rayonlarda yetishtirilgan qattiq bug’doy tarkibidagi oqsil miqdori 24 foizgacha yetadi. Oqsillardan eng muhimi – bu suvda erimaydigan glyutenin va gliadin bo’lib, ular kleykovinani asosini tashkil etadi. Bu non mahsulotlari tayyorlashda juda muhimdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni asosiy tarmog’i – bu don yetishtirish va xalqimizni don mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Don ishlab chiqarishni ko’paytirish – bu qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlaydi. Don yetishtirishni ortishi bilan insonlarni yashash tarzi va bu mahsulotga bo’lgan talabi qondiriladi. Shuning uchun ham mustaqil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qator asarlarida O’zbekiston o’zini-o’zi don bilan ta’minlashi juda muhim masala ekanligini ko’rsatib o’tgan.
Buning uchun donli ekinlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashda, barcha agrotexnik ishlar bilan bir qatorda ushbu ekinlarni o’g’itlash tizimini yaxshi yo’lga qo’yishi zarur.
Donli ekinlar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlardan biri, bu ularning ildiz tizimining popuksimonligi bo’lib, u yon-atrofga 80-150 sm kenglikda va 150-200 sm chuqurlikda joylashadi.
Donli ekinlar bir-biriga biologik jihatdan o’xshash bo’lsada kuzgi don ekini o’zining o’suv davri uzoqligi bilan ya’ni, oziq moddalarni uzoq vaqt o’zlashtirilishi bilan ajralib turadi. Chunki, kuzning boshlanishidan keyingi yilning may-iyun oylarigacha davom etadi. Kuzgi don ekinlari to’la qishki va baxorgi tuproq namligidan foydalaniladi. Kuzgi javdar va bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan biologik jihatdan oziq moddalarga – o’g’itlarga talabchandir. Kuzgi don ekinlari kuzda ko’p miqdorda fosforli va kaliyli o’g’itga talabi oshadi. Kuchli to’planish darajasi va ildiz tizimini hosil qilib o’simlikda uglevodlarni to’plab sovuqqa chidamligini oshiradi. Tuproq, havo isishi bilan o’simlikning azotga bo’lgan talabi osha boradi. Kuzda ortiqcha berilgan azot o’simlikni sovuqqa chidamligini pasaytiradi. Ko’p holatda qishki-bahorgi davrda o’simlik sovuqdan zararlanishiga hosili pasayishiga olib keladi. Kuzgi bug’doy, arpa javdarga nisbatan sovuqqa chidamli hisoblanadi. Kuzgi javdar tuproq va o’g’it tarkibidan fosfaridlarni, kaliy oziqasini kuchli iste’mol qiladi. Kam unumdor tuproqda ham o’sa oladi. Bu ekin uchun yengil qumoq, qumloq mexaniq tarkibli tuproqlarga ekish yaxshi natija beradi.
Donli ekinlarni o’g’itlash tizimini tuzishda ularniing rivojlanish davrlarini va har bir davrda o’simlikni oziq moddalarga bo’lgan talabini bilish juda muhim hisoblanadi. Donli ekinlarda qo’yidagi rivojlanish davrlarini farqlash mumkin:

  1. Urug’ni unib chiqishi va maysa hosil bo’lish davri;

  2. Ildiz otishi va o’simlikni shakllanish davri;

  3. Naycha hosil qilish davri;

  4. Boshoqlanish davri;

  5. Gullash davri;

  6. Donni shakllanishi va pishishi (sut, mum va to’liq).

O’simlikni rivojlanish davrlarini bilgan holda uning butun o’suv davrida oziq moddalarga bo’lgan talabini qondirish imkoniyati paydo bo’ladi.
Donli ekinlar 2 guruhga – kuzgi va bahorgi donli ekinlarga ajratiladi. Kuzgi donli ekinlar (bug’doy, javdar, arpa). Ushbu ekinlarga xos xususiyatlardan biri, - bu ular qishlab keyingi yilda hosil beradi.
Kuzgi donli ekinlar umuman yuqori hosildorlikka ega va o’g’itlarga juda talabchandir.
Kuzgi bug’doy tuproq unumdorligiga juda talabchan bo’lib, tuproqeritmasini ph muhiti neytralga yaqin va neytral bo’lganda yaxshi rivojlanib yuqori hosil beradi. O’tmishdash ekinga juda talabchan. Past haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni kam o’zlashtiradi. Kuzgi bug’doy 10 s don va shunga mos keladigan somon bilan o’rtacha 35 kg azot, 12 kg fosfor va 26 kg kaliyni o’zlashtirib ketadi yoki 25 s don va 60 s somon shakllantirishi uchun 105 kg azot, 35 kg fosfor va 70 kg kaliy sarflaydi.
Kuzgi bug’doy to’planishi davrigacha oziq moddalarini unchalik ko’p talab qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning tanqisligiga juda sezgir. Naychalashdan boshoq tortishgacha o’tadigan davrda va gullash oldidan oziq moddalarni ko’p miqdorda talab qiladi (jadval). Urug’ unib chiqqandan toki nihollar qishlashga kirguncha eng mas’uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda yetarli miqdorda oziq moddalar bo’lishini taqoza etadi.
74 - jadval

Yüklə 57,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin