Texnik reglamentlar va ularni ishlab chiqish


Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi, vazifa va tamoillari



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə4/4
tarix22.05.2023
ölçüsü99,5 Kb.
#119695
1   2   3   4
TEXNIK REGLAMENTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH

Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi, vazifa va tamoillari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi – fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslar va davlat mulkini himoyalash, atrof muhit muhofazasi, hayvonot va о‘simliklar xavfsizligi shuningdek, iste’molchilarni iste’molchilarni chalg‘itishga qaratilgan xarakatlarni bartaraf qilishga qaratilgan texnik reglamentlar qabul qilinishiga erishishdir.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
Atrof – muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Savdodagi texnik tо‘siqlarni bartaraf etish;
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi xarakatlarning oldini olish.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy tamoillari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlarni qо‘llashning majburiyligi;
texnik reglamentlarni qо‘llashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ xujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi tо‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.


О‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi tashkiliy tuzilmasi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatiniing asosiy yо‘nalishlarini О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ushbu tizimni shakllantirish, takomillashtirish va Qonun bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari taynlangan:
-О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini о‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
- О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mahsulotlar ishlar va xizmatlarining xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog‘ligi uchun zararli moddalar, kasallik tug‘diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qо‘llash bо‘yicha majburiy talablarga taaluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi shaharsozlik faoliyatida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taaluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda mahsulot, ish va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taaluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- Davlat xо‘jalik boshqaruvi organlari “Texnik jihatdan tartibga solish tо‘g‘risida” gi Qonunda belgilangan vazifalarni о‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Qonunda texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayoni ushbu soha ekspayert kengashlariga yuklatilgan. Ishlab chiqilgan texnik reglament loyihalarini ekspertizadan о‘tkazish esa vakolatli davlat organlari huzurida tashkil etiladigan ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin