Texnik moyli o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati reja



Yüklə 31,84 Kb.
səhifə3/8
tarix03.05.2023
ölçüsü31,84 Kb.
#106904
1   2   3   4   5   6   7   8
TEXNIK MOYLI O

Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-16C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 C da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 C li qisqa muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-24C, gullash fazasida 25-26C, pishish yetilish davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.


O‘g‘itlash. Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug‘ yetishtirish uchun 50-60 kg azot, 20-25 kg fosfor va 120-160 kg kaliy sariflanadi. Azotni korzinka rivojlanishidan gullash fazasini oxirigacha ko‘p talab qiladi, fosforni unishidan gullashgacha, kaliyni korzinka hosil bo‘lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot haddan tashqari ko‘p berilsa urug‘ tarkibidagi yog‘ni miqdori kamayib ketadi, vegetatsiya davri uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O‘g‘it tarkibida fosfor va kaliyni ko‘proq bo‘lishi yog‘ning miqdorini oshiradi. Kungaboqarning eng ko‘p tarqalgan navlaridan Milutinskiy 114 navi ko‘p ekiladi.
Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar-kuzgi, bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo‘xori hisoblanadi.
Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o‘tlardan tozalanadi. Kungaboqar erta bahorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish meyori 6-10 kg (100-150 ming.donaga) bo‘ladi. Kungaboqar silos bostirish uchun ekiladigan bo‘lsa, ekish normasi 35-40 kg gacha oshiriladi (1 gektarga 0,7-0,8 mln. dona urug‘ ekiladi). Ekilgandan keyin qatqaloqga qarshi choralar ko‘riladi, qator orasiga 2-3 marta ishlov beriladi. Begona o‘tlarga qarshi nitran va treflan gerbitsidlardan foydalaniladi. O‘suv davrida 3-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori 800-1000 kub.m.ga. Hosil don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi. Kombayn faqat savatchani o‘rib yanchiydi. Poyasi o‘rib olinadi. Urug‘i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.

Yüklə 31,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin