Har bir mutaxassis, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat bo’lgan jihatlar qaysi javobda berilgan?
notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, o’z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo’lgan o’rinda mantiqan va grammatik jihatdan to’g’ri qo’llash
nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish
notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish
Javoblarning qaysi birida nutq madaniyatiga noto’g’ri ta’rif berilgan?
nutq madaniyati - ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir.
nutq madaniyati - tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish
nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish
nutq madaniyati - talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qoidalariga e’tibor bermay, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir.
O’qituvchi nutqi madaniyatining fan sifatida tekshirish predmeti nimalardan iborat?
Turli kishilarning nutqi
Nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir.
Namunaviy nutq birinchi navbatda ___________ nutq bo’lishi kerak. Gapni kerakli jumla bilan to’ldiring.
bir kishining turli mavzuda so’zlagan
ma’noli
tinglovchi shevasidagi
to’g’ri tuzilgan
Nutq to‘g‘riligi nimalarga asoslanadi?
Turli kishilarning bir mavzu doirasidagi suhbatiga asoslanadi
Tinglovchi yashaydigan hudud tiliga asoslanadi
Adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi.
To’g’ri javob yo’q
Javoblarning qaysi birida o’zbek adabiy tilining aniq me’yorlari to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan? 1. Fonetik me’yorlar; 2. Talaffuz me’yorlari; 3. So’z yasash me’yorlari; 4. Morfologik me’yor; 5. Sintaktik me’yor; 6. Uslubiy me’yor; 7. Lug’aviy me’yor; 8. Punktuatsion me’yor; 9. Aksentologik me’yor; 10. Estetik me’yor; 11. Mantiqiy me’yor
1,3,5,7,9,11
1,2,3,4,5,6,7,8,9
2,4,6,8,10
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11
Adabiy talaffuz me’yoriga qaysi javobda to’g’ri ta’rif berilgan?
Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.
Til birliklarining yozma nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.
Nutq birliklarining og’zaki adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.
Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida sheva va lahjalar me’yoriga muvofiq kelishidir.
Imloviy me’yor …
adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir.
yozuv me’yoridir.
imlo qoidalariga muvofiq ravishda to’g’ri va xatosiz yozish malakasi.
Barcha javoblar to’g’ri
Tilshunoslikning nazariy jihatdan birmuncha mukammal ishlangan, so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalari va gap tuzilishi ancha me’yorlashtirilgan bo’limi qaysi bo’lim?
Leksikologiya
Fonetika
Grammatika
Sintaksis
Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda so’z yasovchi qo’shimchalarning eng ma’qul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan me’yor qaysi?
Orfografik me’yor
Sintaktik me’yor
Fonetik me’yor
Morfologik me’yor
Javoblarning qaysi birida Beruniy tomonidan ko’rsatib o’tilgan nutq ko’rinishlari to’g’ri berilgan?
1082-1083-yillarda yaratilgan, 44 bobdan iborat, nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz gaplar aytilgan qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri keltirilgan javobni belgilang.
“Boburnoma”
“Qutadg’u bilig”
“Majolis un-nafois”
«Qobusnoma»
«Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Haloyiq sening so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar, ... har kishining aholi o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi». Berilgan fikrlar kimning asaridan olingan?
Beruniy «Geodeziya»
Kaykovus «Qobusnoma»
Xorazmiy «Mafotixul - ulum»
Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig»
Turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo’lgan qaysi asarda so’zlarni to’g’ri tanlash va qo’llash haqida: «Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur» deyilgan?
Xorazmiy «Mafotixul - ulum»
Kaykovus «Qobusnoma»
Beruniy «Geodeziya»
Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig»
O’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan Alisher Navoiyning 24-bobi voizlikka bag’ishlangan asari berilgan qatorni belgilang.
«Muhokamat ul-lug’atayn»
«Mahbubul-qulub»
«Majolis un-nafois»
“Farhod va Shirin”
Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlarini toping. 1. So’roq gaplar ko’p ishlatiladi; 2. Uyushiq bo’lakli gaplar keng qo’llaniladi; 3. Undov gaplar ko’p ishlatiladi; 4. Kirish bo’lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo’llaniladi; 5. Shaxsi umumlashgan gaplar ko’p ishlatiladi.
1,2,3,4,5
1,3,5
2,4,5
2,3,4
Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to’laligicha qaysi uslubda namoyon bo’ladi?
Bu uslubda so’z ma’nolarining kengayishi, o’zgarishi, ko’p ma’noli bo’lishi va hatto lug’atlarda qayd etilmagan ma’nolar kasb etishi qonuniyat sanaladi. Gap qaysi uslub haqida boryapti?
Badiiy
Ilmiy
So’zlashuv
Rasmiy
Lug’aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham ………. asosiy belgilaridandir. Gapni kerakli atama bilan to’ldiring.