Termiz muhandislik-texnologiya instituti


IV.Laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 187,09 Kb.
səhifə12/15
tarix28.12.2023
ölçüsü187,09 Kb.
#200946
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
GINS SXM

IV.Laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya ishlari o’quv rejada ko’rsatilmagan.
V.Kurs ishi (loyihasi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
O’quv rejalarida kurs ishi (loyihasi) kiritilmagan.
VI.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Uy grafik ishlarni bajarishdan maqsad – talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita qurilish konstruksiyalar geometric parametrlarini aniqlash, qurilish loyihalarni bajarishda geometric usullarini qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Uy grafik ishlar mavzulari bo‘yicha topshiriqlar variantlari tayyorlanadi va har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi. Grafik ishlar A3 hajmli formatdagi chizmadan iborat bo‘lib, semester yakunida to‘plam shaklida tikiladi n nva topshiriladi.
Uy grafik ishlari umumlashtirilgan mavzulari:
A) Chizma geometriya fanidan masalalar yechish umumiy usullari:
B)Chizma geometriya fanidan masalalar yechishda qayta qurish usullari:
V) Chizma geometriya fanidan sirtlarga oid masalalar yechish usullari:
G) Muhahdislik grafikasiga oid topshiriqlar:
D) Perespektiva soyalarga oid topshiriqlar:
E) Yer ishlari va topografik sirtlarga oid topshiriqlar:
J) Qurilish chizmalariga oid topshiriqlar:
Z) Kompyuter grafik dasturlar yordamida bajariladigan chizma topshiriqlar:
VI.I.Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1) Titul varag’ini bajarish.
2) Nuqtalarning oktantlarda va eryurda proyeksiyalarini qurish.
3) To‘g‘ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini topish.
4) Ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning bosh chiziqlarini topish.
5) Nuqtadan tekislikgacha bo’lgan masofaning haqiqiy o’lchamini aniqlash.
6) Nuqtadan to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan tekislikning izlarini chizish.
7) 20 mm uzoqlikda berilgan tekislikka parallel bo’lgan tekislikning izlarini chizish.
8) Uchburchak tekisligi bilan berilgan ikki tekislikning kesishish chizig’i proyeksiyalarini chizish va "ko’rinar - ko’rinmas" qismlarini aniqlash.
9) Ikki kesishuvchi tekisliklar orasidagi burchakning haqiqiy kattaligini almashtirish usulida aniqlash.
10) Almashtirish usuli bilan tekislik tekislik yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash.
11) Aylantirish usuli bilan tekislik tekislik yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash.
12) Ko‘pyoqli ikiki sirtning kesishish chizig‘ini yasash.
13) Xususiy vaziyatdagi tekislik bilan sirtlarning kesishish chizig‘i proeksiyalarini va uning haqiqiy ko‘rinishini aniqlash.
14) Chizmachilikdagi detalning yaqqol tasviriga qarab uning uchta ko‘rinishini chizish.
15) "Proeksion chizmachilik"ka oid detalning ikki ko‘rinishiga qarab uchinchi ko‘rinishini chizish, qirqim va aksonometrik proeksiyasini bajarish.
16) Chizmachilikdan murakkab detalning ikki ko‘rinishi asosida uchinchi ko‘rinishini chizish, qirqim va qiya kesimini bajarish.
17) Boltli va shpilkali birikmalarning chizmalarini chizish.
18) To‘g‘ri chiziq, tekis shakl va gemetrik jismlarning perspektivasini qurish.
19) To‘g‘ri chiziqning sonlar bilan belgilagan proyeksiyasi chizish.
20) Tepalikdagi berilgan balandlikda qurilish maydonchasining tekislash yuzasini topish.
21) Qurilish konstruksiyalarining chizmalari. Ularning turlari va shartli grafikaviy belgilanishini chizish.
22) Binoning planini va qirqimi chizish. Qirqim qurishda zinani ko‘rsatish.
23) Tarkibida tutashma elementlari bo‘lgan bitta korinishini chizish va ularga o‘lchamlar qo‘yish.
24) 3D o‘lchamli ishchi fazoda detalning ikkita ko‘rinishi asosida uning uchinchi ko‘rinishini bajarish.









Yüklə 187,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin