Termiz Davlat Universiteti xorijiy filalogiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi 4-kurs talabasi Mirzayeva Sabohat tayyorlagan



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü314,5 Kb.
#36243
1   2   3   4
Nafisahisobot(1)

II. Bajarilgan ishlar

2.1. O`quv ishlari:

- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik (ingliz tili) fani o`qituvchilari Mannazova Zarifa ustoz hamda Ismailova Sanobar opalar bilan tanishdim va ular bilan darslarda ishtirok etdim. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bi limlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.

- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.

- Pedagogik amaliyot davrida ingliz tili o’qituvchisi Man nazova Z.ning yordamlari katta bo`ldi. Ish reja tuzish tar tibini o`rgatdi. 09.11.2020y ga qadar qaysi mavzular o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi.

Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.

Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.

- Mannazova Z. aynan shu sinflarga dars o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi. Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda tar tibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshirib ketdi. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.

Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.

Amaliyotim davomida maktabda ko`plab tadbirlar bo`lib o`tdi. Jumladan, noyabr oyi “ Xorijiy tillar fan oyligida” fan o`qituvchilari singari o`tkaziladigan tadbirda men ham faol ishtirok etishga harakat qildim.

Tadbir 25-noyabr kuni bo`lib o`tdi.

Tadbirda barcha sinflar o`rtasida musobaqa bo`ldi, shuningdek, boshqa sinflar ham o`zlaring ingliz tilidagi bilimlarini namoyon qilishdi. Jumladan, 1- sinf o`quvchilari tadbir boshida o`zlarining kichik qo`shig`i bilan barchani ko`nglini xushnud ayladi. Men tadbirda boshlovchilik vazifasini bajardim. Chunki men maktabda yangi o`qituvchi bo`lganligim sabab ular meni tanlashdi o'z mahorat va qoblyatimni ko'rsatishim uchun.


Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin