Termiz Davlat Universiteti xorijiy filalogiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi 4-kurs talabasi Mirzayeva Sabohat tayyorlagan



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü314,5 Kb.
#36243
1   2   3   4
Nafisahisobot(1)

2.2. Ma’naviy – marifiy ishlar :

Maktabda o'quvchilarning kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shaklantirish orqali ularning ma'naviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlar yo'lga qo'yilgan.

Shuningdek, ta'lim tizimida ommaviy, madaniy marifiy va sport-sog'lomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalar o'tkazib boriladi.

Bundan tashqari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun o'qituvchilar fanlar bo'yicha to'garak faoliyatini yo'lga qo'yishgan.

8-dekabr o`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 28- yilligi munosabati bilan maktab tarix fani o`qituvchilari Sarmanov .R. , Suyunov.A. va Turdiyeva .M. lar rahbarligida o`tkazilgan tadbirda qatnashdim. Tadbirda maktab o`quvchilari o`zlarining konstitutsiya va vatan haqidagi she`rlari va qo`shiqlari bilan barchaning ko`nglini xushnud etdi.

Tadbirni maktab direktori O.U.Uzoqova ochib berdi.

Shundan so`ng Tarix fani o`qituvchisi Sarmanov .R. o`zining konstitutsiya haqidagi qisqacha fikrini bildirdi va navbat o`quvchilarga berildi.

Asosan yuqori sinf o`quvchilari tadbirda faol bo`lishdi. 11- sinf o`quvchilari Ulaboyeva.F. va Abdurahmonova.D. lar tadbirda boshlovchilik qilishdi. Tadbirda o`quvchilar konstitutsiya moddalaridan namunalar keltirishdi va she`rlar aytishdi.

Ayniqsa, tadbirda “ Yosh musiqachilar” to`garagi rahbari Mustanova Feruza opa o`zining shogirdlarini sahnaga chiqargani, ularning turli raqs va qo`shiqlari barchaga hush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, maktabda maktab kutubxonachilari tomonidan tashkillashtirilgan “ Kitob taqdimoti” tadbiri ham bo`lib o`tdi. Unga maktab kutubxonachisi Amirova Shahlo rahbarlik qildi.

Bundan tashqari maktabda “ Adabiyot yashasa- millat yashaydi” shiori ostida adabiyot kechasi ham bo`lib o`tdi. Unga maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Sarmanova Nilufar rahbarlik qilib, fan o`qituvchisi Norboyeva Muhabbat hakamlik qildi. Tadbir musobaqa shaklida ikkita yettinchi va bitta oltinchi sinflar o`rtasida tashkillashtirildi. Tadbirda o`quvchilar she`rxonlik, sahna ko`rinishi, savol- javob shartlari orqali bellashishdi.

Musobaqada kichik bo`lsada 7- "a” sinf o`quvchilari uddaburonlik qilib, yuqori ball bilan birinchilikni qo`lga kiritdi. Maktab rahbariyati ualrni faxriy yorliq va eatalik sovg`alari bilan taqdirlashdi.




Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin