O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
10
Dasturning maqsadi
Talabalarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobini yuritish, ichki auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlardan foydalana oladigan yetuk kasb egasini tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Buxgalteriya hisobining me’yoriy, hujjatlarini, qonuniyatlarini, usullarini bilish va qo‘llay olish;
Xo‘jalik jarayonlarini hujjatlarda aks ettira olish;
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardagi mablag‘lar, ularning tashkil topish manbalarining harakatini to‘g‘ri aks ettirish;
Hisobotlarni tuzish, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining shaffofligini ta’minlash.
Ichki auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va tekshiruv natijalarini tegishli xujjatlarda rasmiylashtirish.