Tayyorladi: xalmurotova shohista tekshirdi: nasriddinov isomiddin angren shahar universiteti



Yüklə 50,8 Kb.
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü50,8 Kb.
#95441
növüReferat
1   2   3
IQTISODIYOT REFERAT

Abu Ali Ibn Sino

«Kapital» kategoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning asarlarida ko‘rish mumkin. U hayotning to‘qqizta omili: yer, havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy faoliyatni ajratib ko‘rsatgan. Bu o‘rinda ham iqtisodiy ham jismoniyham ruhiy ham axloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan

Alisher Navoiy

Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyoj lariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy qatlamlarini o’rgandi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.

Xoldun Abdurahmon Abu Zayd

Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.

Antuan Monkreten


  • Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.

3. Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.


Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini talab etadi.
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin.
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :

  • jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;

  • jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;

  • hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;

  • tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.

Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo`linadi.

  1. moddiy ehtiyojlar;

  2. sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;

  3. mehnat ehtiyoji.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.

Yüklə 50,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin