muassislardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
muassislar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqishi;
tashkilotning o‘zida ishlab chiqarilishi.
Korxona tomonidan tayyor mahsulot hamda tovarlarning harakati va uning hisobini to‘g‘ri tashkil qilish xar bir ishlab chiqailadigan mahsulot va tovarlar turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mahsulotlar nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Nomenklaturani tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari asosida farqlarga ajratilib, xar bir mahsulotga maxsus kodlar biriktiriladi.
Nomyenklatura - lotincha (Nomenclatura) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nomlarning ro‘yxati(perecheni). Misol: Biron bir sohada qo‘llaniladigan nomlarning ro‘yxati, terminlarning tizimi, kategoriyalar tushuniladi.
Nomenklatura ruyxatini tuzishda asos kilib quyidagi belgilar olinadi:
model, fason, artikul, marka va xokazo.
Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi:
dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi