Tayanch iboralar: Xat; yozishma; kafolat; taklif; xabar; xizmat; ilova; Xizmat xatlari


-ilova Hamza tumani hokimligi



Yüklə 27,06 Kb.
səhifə5/5
tarix11.03.2023
ölçüsü27,06 Kb.
#87370
1   2   3   4   5
11 мавзу ФИТК 4 семестр

3-ilova


Hamza tumani hokimligi ___________________________
Yetkazuvchi-yo‘riqchi Qabul qiluvchi - kotiba
Olimov. Tel: 268-25-11 Rahimova.
Tel: 267-01-18. Soat 16.00


TELEFONOGRAMMA


2015.29.09. Toshkent № 16
2015 yil 12 sentabr' kuni soat 15.30 da Hamza tumani hokimligining majlislar zalida qishgi mavsumga tayyorgarlik masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda dorixona rahbarlari qatnashishi shart.


Hamza tumani hokimligi
Kotibi L.K.Soliev


Кимга:____________________________________
(йўловчи ташкилот)


Телефонограмма етказувчи Қабул қилувчи
_____________________________ ___________________________
(лавозими, исми, фамиляси) (лавозими, исми, фамиляси)
Тел:_________________________________________________________
(қабул қилинган вақти)
ТЕЛЕФОНОГРАММА
Сана:_________________
Жойи:_________________
Матни:________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Имзо.


XATLAR
Tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatlardir. Xat orqali bajariladigan tashkilotlar ko‘lami keng bo‘lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki kabul kilinadi. Mazmun jixatdan turlicha bo‘lgan bunday xujjatlar umumlashtirilgan xolda xizmat xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farklanadi. Xatlarni bajariladigan vazifasiga karab kuyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) javob xatni talab kiluvchi xatlar (da'vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).
2) javob xatni talab kilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdik xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshkalar).
Ushbu xatlar ma'lum bir maksadda yoziladi, masalan, kafolat xatlarda kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda xatga ilova kilinayotgan hujjatlar xakida axborot beriladi. Birok shunday xatlar xam uchraydiki, unig mazmunida xam kafolat berish, xam iltimos, xam eslatma ma'nolari ifodalanadi.
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish kog'ozlariga yoziladi. Maxsuz bosmaish kog'ozlari bo‘lmagan xollarda xizmat xatlari xos ish kog'oziga yoki oddiy kog'ozga yoziladi. Xat oddiy kog'oz varakka yozilsa, uning chap tomonidagi yukori burchagiga xat jo‘natayotgan tashkilot nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muxr ko‘yiladi.
Zaruriy kismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish kog'ozlarida zaruriy kism avval o‘zbek tilida, so‘ng rus yoki ingliz tilida beriladi. Zaruriy kismlar uzunasiga joylashgan bosma ish kog'ozlarida ular chap tomonlarida o‘zbek tilida, o‘ng tomonida rus yoki ingliz tilida beriladi.
Xizmat xatlari kuyidagi zaruriy kismlarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘zR gerbi.
2. Tashkilotning belgi(emblema)si.
3. Mukofotlar.
4. Vazirlik, boshkarma ismi.
5. Tashkilot nomi.
6. Bo‘linma nomi.
7. Tasniflagich bo‘yicha xujjatlarning xos rakami.
8. Tashkilotning xos rakami.
9. Pochta, telegraf adresi , banklar xisob-kitob rakami
10. Sana.
11. Shartli rakam(indeks).
12. Kelgan hujjat shartli rakam.
13.Hujjatning kelish sanasi.
14. Hujjat jo‘natiladigan adres(xatni oluvchi tashkilotning nomi).
15. Munosabat belgisi(rezolutsiya).
16. Nazorat xakida belgi.
17. Matn sarlavxasi(xatning kiskacha mazmuni).
18. Matn.
19. Ilovalar xakida belgi.
20. Imzo.
21. Rozilik belgisi(viza).
22. Kelishuv xakida belgi.
23. Bajaruvchi xakida belgi va uning telefon rakami.
24. Bajarilganlik xakida belgi.

Xizmat xatlari imkoni boricha kiska bo‘lishi birok bu kiskalik uning anik va ravshanligiga ta'sir etmasligi kerak Koidaga ko‘ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim.Fakat juda muxim masalalar yozilgan bir muncha mufassal bayon talab kiluvchi xatlargina istisno tarikasida uch betgacha bo‘lishi lozim.Xizmat xatlari kogoz varagining oldi va orka tomonlarida yoziladi.


Rasmiy xatlarni tuzuvchi shaxs ma'lum malakaga ega bo‘lishi kerak


Nazorat savollari:
1.Dorixona tashkilotlari faoliyatida xizmat yozishmalari
2.Xizmat yozishmalarining funksiyasi, ahamiyati
3.Xizmat yozishmalarining turlari.
Yüklə 27,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin