kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish bloki;
hisoblash va ta’minlash bloki;
shartni tekshiruvchi blok;
algoritm tugaganligini bildiruvchi blok;
Har qanday algoritm blok-sxema shaklida ifodalanganda, har doim uning boshlanishini bildiruvchi blok bilan boshlanib, algoritmning tugaganligani bildiruvchi blok bilan yakunlanadi.
Har qanday algoritm blok-sxema shaklida ifodalanganda, har doim uning boshlanishini bildiruvchi blok bilan boshlanib, algoritmning tugaganligani bildiruvchi blok bilan yakunlanadi.
Kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish blokida dastlabki berilganlar kiritiladi va olingan natijalar chiqariladi.
Shartni tekshirish bloki ichiga shart yoziladi, qo‘yilgan shartning bajarilish- bajarmasligiga qarab strelka ikki tomonga yo‘naladi. Strelkalarning biriga "ha" so‘zi, ikkinchisiga "yo‘q" so‘zi yoziladi. "ha" so‘zi shartning bajarilganligini, "yo‘q" so‘zi esa shartning bajarilmaganlishni bildiradi. Shartning bajarilgan yoki bajarilmaganligiga qarab, algoritmning bajarilish tartibi aniqlanadi. Hisoblash va ta’minlash blokida hisoblanishi kerak bo‘lgan ifoda yoziladi. Ifodaning qiymati hisoblanib, tenglik belgisining chap tomonidagi o‘zgaruvchiga ta’minlanadi.
Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi
Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi
tarkibga ega bo‘lgan algoritmlar tuzish
Algoritmlar uch turga bo‘linadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi, siklik (takrorlanuvchi).
Chiziqli tarkibli algoritmlarda algoritmlarning har bir punkti tabiiy ravishda ketma-ket bir martadan bajariladi.
Masalan: y=sin+ln|x+1| funksiyaning qiymatini hisoblash algoritmi tuzilsin, bu yerda x=3,9.